Kursi, Kassiopeya
Kursi, Kassiopeya (lot. Cassiopeia) (qad. Yun. afsovasiga ko’ra, Efiopiya shohi Kefeyning xotini va Androme- daning onasi Kassiopeyaning nomi b-n atalgan) — osmonning shim. yarim shari- da joylashgan yulduzlar turkumi. W sha- klini hosil qiladigan eng yorug’yulduz- lari e, 8, h), a va r; ularning yorqinligi 3,4; 2,7; 2,4; 2,2 va 2,3 ko’rinma yulduz kattaligida. K.ning asosiy qismi somon yo’lida joylashgan bo’lib, Tsefey, kalta- kesak, Andromeda, Persey va jiraf yul- duz turkumlari orasida joylashgan. K.da ko’pgina tarqoq yulduz to’dalari mavjud. 1572 y.da Tixo Brage ko’zatgan yangi yulduz ham aynan shu yulduz turkumida portla- gan. O’zbekistonda sent,—noyabr oyla- rida yaxshi ko’rinadi. 1957 y.da K.da o’ta yangi yulduz chaqnagan. Undan insoniyatga ma’lum radionurlanishlar manbalari ichida eng kuchli manba joylashgan.