Kumush rudalari

Kumush rudalari — tarkibi- da kumush va uning birikmalari bo’lgan rudalar. Bir necha tipi farq qiliva-Di: 1) asl kumush konlari — kumush kon- dan olinadigan elementlarning asosi- ni tashqil qiladi; 2) kompleks ionlar — bo’larda kumush ikkinchi darajali element hisoblanadi. Bo’lar qatoriga oltin-kumush, kumush-polimetall, no- dir metall-kumush konlari kiritiladi. Oqjetpes, Kosmanachi va Qizilqumdagi Yuqori voltl nomli, Chatqol-Qurama regionidagi Oqtepa asl kumush konlari hisoblanadi. Tarkibida kumush bo’lgan kompleks konlarga deyarli barcha mis- porfirli, polimetall va b. ruda konla- ri: Lashkarak, Markaziy Qizilqumdagi barcha oltin ruda konlari mansub. Asl ku- mush konlaridan tashqari barcha konlar- da kumush boshqa etakchi elementlar b-n birgalikda olinadi. K.r. Er po’stining chuqur qismida gidrotermal suvlardan hosil bo’ladi. Tabiatda uchraydigan ku- mush minerallarning quyidagilari sanoat ahamiyatga ega: tug’ma kumush Ag (Ag—100), argentit — Ag2 (Ag—87,1%); prustit — Ag3AsS3 (Ag—65,5 %), pi- rargirit — Ag3SbS3 (Ag—60%), kerar- Girit — AgCl (Ag—75,2%). Qazib olish ko’lami va ahamiyati (zahiralari va qazib olinishi) bo’yicha Kumushning 90%dan zi- yodi yo’lakay ravishda kompleks rudalar- dan olinadi. K.r.ning dunyodagi zahirasi 1 mln. t chamasida. Asosiy K.r. olinadi- gan davlatlar: Meksika, AQSh, Peru, ka- nada, Avstraliya.