Kultapo’shak, kulta

Kultapo’shak, kulta – ayollarning bosh kiyimi. Boshga kiyiladigan dumaloq do’ppi shaklidagi va orqa to-moni soch o’rimi o’tkaziladigan engchaga o’xshash uzun (dum) qismlardan ibo-rat. Matodan avra-astarli qilib tay-yorlangan, turli xil choklarda rang-barang kashtalar ti- kib bezatilgan. K.ning kizak qismi enli, peshova va eng qismining chetlariga Jiya- klar tu-tilgan. Yoshlar kiyadigan K. rang- dor, gulli matodan, qariyalar kiyadigani odmiroq (kul-rang, ko’k, qora kabi) mato- dan tay-yorlanadi. Buxoro, Samarqandda yo’r-ma, iroqi choklarda kashta tikib bez- atilgan K.lar mu-zeylarda saqlanadi. Kultapo’shak (zardo’zi, 19-a. 2-yarmi).