Solomon orollari

Solomon orollari (Solomon Islands) — tinch okeanning Jan.g’arbiy qismida joylashgan davlat. Solomon o.larining Jan.Sharqiy qismini va yaqin atrofdagi SantaKrus va b. orollarni o’z ichiga oladi. Mayd. 28,45 ming km2. Aholisi 495 ming kishi (2002). Poytax- ti — Xoniara sh. Ma’muriy jihatdan 4 okrugga bulinadi. Davlat tuzumi. S. O. — Buyuk Bri- Taniya boshchiligidagi Hamdo’stlik tar- kibiga kiruvchi mustaqil davlat. Amal- dagi Konstitusiyasi 1978 y. 7 iyulda qabul qilingan. Davlat boshlig’i Buyuk Britaniya qirolichasi bo’lib, uning no- midan general-gubernator ish yuritadi, u mamlakat parlamentining tavsiyasi bilan 5 y. muddatga so. fukarolari ora- sidan tayinlanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy parlament, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati. S. O. ning aksari qismi vulkan otilishi natijasida hosil bo’lgan. Eng baland joyi 2743 m (bugen- vil o.da). So’nmagan vulkanlar, issiq buloqlar bor. Boksit, nikel, fosforit, oltin, mis konlari topilgan. Iklimi Su- bekvatorial, juda sernam. O’rtacha oylik tra 26-28°. Yillik yog’in 2300-7500 mm. Daryolari kiska va sersuv. Orol- larning ko’p qismi doim yashil o’rmon bilan qoplangan (palma, fikus va b.). Qurg’oqchil joylarda savannalar, soxil- larda manfolar o’sadi. Hayvonlardan ka- Lamush, ko’rshapalak, timsoh, kaltakesak, ilon, bahaybat qurbaqalar, qushlardan kabutar, to’tiqush va b. yashaydi. Aholisining ko’pchiligi (93%) me- laneziya irqiga mansub bo’lgan, Avstro- nez va papuas tillarida so’zlashuvchi xalqlardan iborat, qolganlari poline- ziyaliklar. Ular yirik orollar sohili bo’yidagi kichik qishloqlarda yashaydi. Shahar aholisi 18%. Rasmiy til — in- gliz tili. Dindorlarning aksariyati xristianlar. Tarixi. S.O.ga kariyb 6 ming yil avval Papua-yangi Gvineyadan qabilalar ko’chib borib o’rnashgan. 1568 y. ispan dengiz sayyohi A. Mendanya de Neyra mahalliy aholidan oltinni almashti- rib olganida orollarni «Solomonning oltin mamlakati»ga qiyos qilgan va Orol- larni shu nom bilan atash odat bo’lib qolgan. 1885 y. orollar Germaniyaga tobe bo’lib qoldi, 1893 y. orollarning deyarli hammasi Buyuk Britaniyaga topshirildi. 1-jahon urushidan keyin Bugenvil va Buka o.larini boshqarish uchun Avstrali- yaga mandat berildi, Jan. orollar ingliz protektorata bo’lib qolaverdi. 2-jahon urushi vaqtida orollarda Yaponiya va Amerika qo’shinlari o’rtasida janglar bo’lib o’tdi. Urushdan keyin milliy mustaqillik uchun harakat kuchaydi. 1976 y. mamlakatga ichki o’zini o’zi boshqarish huquqi berildi, 1978 y. orollar mustaqillikka erishdi. So. 1978 y.dan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 7 iyul — Mustaqillix kuni (1978). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmala- ri. So. leyboristlar partiyasi, 1988 y. tuzilgan; so. Liberal partiyasi, 1976 y. asos solingan; Xalq ittifoqchi partiya- si, 1979 y. tashkil etilgan; so. Milliy harakati partiyasi, 1993 y. tuzilgan; Taraqqiyparvar xalq partiyasi. So. ka- saba uyushmalari kengashi, 1986 y. tuzil- gan. Xo’jaligi. Iqtisodiyotining aso- sini qishloq xo’jaligi. tashkil etadi, aholining aksariyati shu sohada band. Tropik dehqonchilik ustun. Ko’p mikdor- da kokos palmasi o’stiriladi, uning me- vasidan kopra (mag’iz) va kokos moyi oli- nadi. Kakao, ziravorlar, banan, ananas, sholi, yams, Taro, er yong’oq, tamaki va b. etishtiriladi. Cho’chqa, kramol, parranda boqiladi. O’rmonlarda qimmatbaho nav yog’och tayyorlanadi. Baliq ovlash rivoj- langan. Sanoati kichikroq yog’ochsozlik, mebel, oziqovqat (yog’, konserva, tamaki), jut, ko’nchilik korxonalaridan iborat. Asbest, sovun, sintetik gazlama ishlab chiqariladi. Yog’och o’ymakorligi, bo’yra, savat to’qish, qayiq, sadaf buyumlar yasash hunarmandchiligi mavjud. Keyingi yil- larda sayyoxdik rivojlanmoqda. Yuklar- ning ko’p qismi dengiz orqali tashiladi. Avtomobil yo’llari uz. 1330 km. Aso- siy dengiz porti va xalqaro aerogyurti — Xoniara. Chetga kokos mag’izi, palma moyi, yog’och, kakao, muzlatilgan baliq chiqaradi. Chetdan oziqovqat, yoqilg’i, ma- shina, kimyoviy mol va b. oladi. Avstra- liya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Buyuk Britaniya bilan savdo qiladi. Pul bir- ligi — so. dollari. 7 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bola- larning ta’lim olishi majburiy. Boshlang’ich maktabda o’qish muddati 7 yil, o’rta maktabda 5 yil. Darslar ingliz tilida olib boriladi. Davlat maktabla- ri bilan bir qatorda xususiy diniy MAK- tablar ham bor. Xoniara sh.da un-t Mar- kazi (1970), ped. kolleji (1958), texnika in-ti (1969) mavjud. Xoniara sh.da mil- liy kutubxona (1974), Milliy muzey, bo- tanika bog’i va madaniy markaz faoliyat ko’rsatadi. Mahalliy tilda «Agrikalsa nius», «Solomon nius» jurnalilari, ingliz tilida «Solomon voys», «Solomon Star» haftanomalari nashr etiladi. 1976 y.da So. radioeshittirish xizmati tashkil etilgan. 1996 y.dan teleko’rsatuvlar be- rib boriladi.