Skiflar madaniyati

Skiflar madaniyati – qora dengizning shim.g’arbiy hududlaridan to shim.Sharqiy Xitoygacha cho’zilgan dasht- larda (Dunay va don, Dnepr va Dnestr quyi havzalari, Azov va Qrim dashtlari, Quyi Volga, Qozog’iston cho’llari, Jan. Sharqiy Ural, Tog’li Oltoy, Jan. Sibir dashtlari) ko’chmanchi chorvachilik b-n shug’ullanuvchi qabilalarning xo’jalik va etnomadaniy hayoti, kundalik turmush tarzi, e’tiqodi, urfodat va udumlari ma’naviy dunyosining majmuasi (mil. AV. 7—mil.ning dastlabki asrlari). Sm. va ularning nafis san’ati haqidagi boy materiallar skif pod- sholari va kabila sardorlarining mo- zorlarini arxeologik kazishlar tu- fayli qo’lga kiritildi. Chunki, yunon muarrixlarining xabarlari va skif mozorqo’rg’onlarida o’tkazilgan arxeolo- gik qazish natijalariga ko’ra, skif pod- sholari, qabila sardorlari vafot etgan- da, ularning hayotlik chog’idagi dabdabali turmush tarzidan nishona sifatida, ular b-n birga boyligining bir qismini, sevimli xotini va xizmatkorlaridan ayrimlarini, qabila sardorining Jan- govarlik holatidagi qurolaslahalari va bir necha otlari b-n birga ko’mish odat bo’lgan. Skiflar er yuzasiga kattagina yog’och uyxona tiklab, uning o’rtasiga yog’och tobutda jangovar harbiy holatdagi kiy- imkechagi b-n skif sardori jasadini qo’yishgan. Yog’och tobut atrofiga marxumga tegishli xar xil buyumlar: qurolaslaha, sopol, jez, oltin va kumush idishlarda ovqatlar va ichimlik ko’yilgan. Chunki, skiflar e’tiqodiga ko’ra, marxum u dunyo- da ham yashatshtsa davom etadi, degan tasav- vur mavjud bo’lgan. Marhum oyoq tomoni- ga xotinlaridan va unga xizmat qiluvchi cho’rilaridan ba’zilari o’ldirilib, ma- likaning boyligi va unga atalgan oltin arava xam qo’shib ko’milgan. Qabrxona (yog’och uy) devorlari gulli kigiz yoki gilamlar b-n bezatilgan. Qabrxona tashqarisiga marhum otlaridan uning mavqeiga ko’ra, 3 tadan to 15 tagacha Jan- govar otlari o’ldirib ko’milgan. So’ng qabr ustiga xascho’plar bosib, ustidan tosh uyumi hosil qilishgan. So’ng uning ustiga qalin tuproq bosilgan. Nati- jada, bal. 1530 m dan kam bo’lmagan mozorqo’rg’onlar qad ko’targan. Ana shun- Day mozorqo’rg’onlarning ko’pi afsuski qadimda o’g’irlangan, qimmatbaho buyum- lar talab ketilgan, ularning qish fas- lida o’g’irlanganlari ichiga suv kirib — muzlab qolgan va bizgacha shu xrlatda etib kelgan. Mil. AV. 5-4-a.larga oid Oltoyning Poziriq mozorqo’rg’onlari bunga misol bo’la oladi. Mac, «hayvon tasvirlari uslubi» nomi b-n mashhur noyob topilmalar Kuloba, Chertomlik, Soloxa, Poziriq, Bashadar, Arjan kabi skif mozorqo’rg’onlaridan topilgan bo’lib, hozir ular jahon madaniyat xazi- nasi sifatida Ermitaj va Kiev san’at muzeyini bezab turibdi. Ad.: Gerodot, Istoriya v devyati kni- gax, Per. s grecheskogo, tom 1, kn. 1-4, L., 1972; Grakov B. N., Skifi, M, 1971; Xazanov A. M., Zoloto skifov, M., 1975; Grigorev V. V., O skifskom narode sa- kax, SPb, 1871; Gryaznov M. P., Arjan- tsarskiy kurgan ranneskifskogo vreme-ni, L., 1980. Ahmadali Asqarov.