Sistema

Sistema (Yun. systema — yaxlit, qismlardan tarkib topgan, birikkan) — 1) ishharakat, mehnat, texnik jara- yonlar va shu kabilardagi qismlarning o’zaro bog’likligidagi tartibot, tizim; 2) narsa, hodisa, tushuncha va b.ning tas- nifi; 3) muayyan tarzda o’zaro bog’langan va bir qadar yaxlitlikni tashkil eta- digan elementlar majmui. S. haqidagi birinchi tasavvurlar antik falsafada shakllangan. Yunon falsafasi va fani- da S. tushunchasi bilimlarga nisbatan qo’llanilgan (Evklid, Platon, Aristo- tel va b.). Keyinchalik bu tushunchani B. Spinoza va g. Leybnis rivojlanti- rib, umuman borliqqa nisbatan tatbiq qilgan. Yangi davr falsafasi va fanida S. tushunchasidan ilmiy bilimlarni tahlil qilishda foydalanilgan. Bilim- larning S.lilik tamoyillarini nemis faylasuflari I. Kant, F. Shelling, G. Gegel ishlab chiqqan. 19-a.ning 2-yarmi- dan boshlab, S. tushunchasi ilmiy bilim- larning turli sohalariga kirib bordi. Bunda evolyusion nazariya, nisbiylik nazariyasi, kvant fizikasining yarati- lishi, struktural lingvistika va b.ning vujudga kelishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. S. tushunchasi yaxlitlik, tuzilish, aloqa, munosabat tushunchalari b-n uzviy bog’liqdir. S. tushunchasi nihoyatda keng ko’lamda qo’llanadi. Umuman voqelikdagi har qanday ob’ektga S. sifatida qarash mumkin. S. bir necha muhim belgilar — yaxlitlik, tuzilmalilik, muhit b-n o’zaro aloqadorlik va shu kabilarga ega bo’lishi kerak. S.larni moddiy va abstrakt S.larga bo’lish mumkin. Moddiy S.lar, o’z navba- tida, anorganik tabiatli S.lar va jon- li S.larga ajraladi. Jonli S.larga eng oddiy biologik S.lar hamda murakkab biologik ob’ektlar (organizm, tur, eko- logik S.) kiradi (q. Sistematika). Mod- diy jonli S.larning alohida turkumi- ni ijtimoiy S.lar tashkil etadi (mas, urug’, qabila, qavm, tabaqa, elat, jamiyat va h.k.). Abstrakt S.lar inson tafakku- ri mahsulidir, ular ham ko’p xillarga bo’linishi mumkin (mas, tushunchalar, gipotezalar bunday S.larning alohida ko’rinishlaridir). S.larni boshqacha tasniflashga ko’ra, statik va dinamik S.larga ajratish mumkin. Statik S.ga vaqt o’tishi b-n bir holatda qolish xos bo’lsa, dinamik S. esa vaqt o’tishi b-n o’z holatini o’zgartira bo- radi. Hoz. davr fan va texnika taraqqiyoti xo’jalikni boshkarish va milliy miqyosda axborotlar to’plash hamda o’rganishning avtomatlashtirilgan S.larini ish- lab chiqish va amalda qo’llashni talab etmoqda. Turli S.larni tadqiq qilish b-n bog’liq masalalar S.larning umumiy nazariyasi, kibernetika, Sistemotexnika, sistemali analiz va shu kabilar doira- sida o’rganiladi.