Sirdaryo viloyati

Sirdaryo viloyati — O’zR tarki- bidagi viloyat. 1963 y. 16 Fev.da tash- kil etilgan. Shim.dan Qozog’iston Re- spublikasi, sharkdan Toshkent viloyati, Jan.dan Tojikiston Respublikasi va g’arbdan Jizzax viloyati b-n chegaradosh. Mayd. 5,3 ming km. Axoliey 667748 kishi (2003). Tarkibida 9 tuman (boyo- vut, Guliston, Mehnatobod, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xo- vos, Sharof Rashidov) (tumanlar haqida alohida maqolalarga qarang, Mae. Boyovut tumani), 5 shahar (Guliston, baxt, sirda- ryo, Shirin, Yangier), 6 shaharcha (Boyovut, Dehqonobod, Do’stlik, Paxtaobod, Say- xun, Xovos) va 75 qishloq fuqarolari yig’ini bor (2004). Markazi — Guliston sh. Tabiati. Relefi, asosan, to’lqinsimon tekislik bo’lib, Jan.dan shim.g’arbga pasayib boradi. Mirzacho’l dashtining bir qismi viloyat hududiga kiradi. Bal. shim.da 230 m, Markaziy qismida 400-450 m, Jan. va Jan.g’arbda 600-650 m. Sharqida keng Sirdaryo vo- diysi joylashgan. Mezozoy va kaynozoy davrida, asosan, cho’kindi jinslarning qalin qatlami b-n qoplangan. Sho’ro’zak, Mirzarabot, Sardoba kabi botiqlar mav- jud. Tekislik qismi daryolar oqizib keltirgan yotqiziklardan hosil bo’lgan, ba’zi joylarini ko’l, botqoq va sho’rxok erlar egallagan. S.v.da yangi kanallar, zovurlar qazilib, cho’l o’zlashtirildi va ekin maydonlarga aylantirildi. Te- kislik qismida irrigasiya inshootlari qurilib, paxtazor, bog’va tokzorlar bar- po qilindi. Adirlar lalmikor erlar va yaylovlardan iborat. Obhavosi keskin o’zgaruvchan va quruq. Yillik o’rtacha t-rasi 14°. Yanv.ning o’rtacha t-rasi shim.da -6°, Jan.da -2°. Qishda havo tez soviydi va tra -30° gacha (Gulistonda -35°) pasayadi. Ba’zan, qish o’rtalarida havo birdaniga isib, keyin sovib ketadi. Kech ko’klamda va erta kuz- da ham kora sovuq tushib o’simlikning o’sish davrini qisqartiradi. Yozi quruq va issiq. Iyulning o’rtacha t-rasi 27— 29°. Yozda tra 32-45° gacha ko’tariladi. Ko’pincha issiq shamol (garmsel) tuproqni quritadi va o’simliklar rivojlanishiga yomon ta’sir qiladi. Vegetasiya davri 218 kun. Yillik yogin 180-220 mm, aso- san, qishda yog’adi. Yozda kuchli bug’lanish sababli er osti suvlari yuza maydonlar- ning (Sharof Rashidov, Oqoltin, Guli- ston tumanlari) tuprog’ini sho’r bosadi. Noyab.dan martgacha teztez esib turadigan «Bekobod shamoli» tezligi 20-25 m/ sek. (Boyovut tumanida 40 m/sek.)ga eta- Di. Bahorda esadigan bu xildagi shamol unib chikayotgan g’o’zalarni ba’zan nobud qiladi. Keyingi yillarda ixota daraxt- zorlari barpo qilindi. Tuproklari, asosan, och tusli kuchsiz joylashgan bo’z tuproq bo’lib, kam va o’rtacha sho’rlangan, mexanik tartibiga ko’ra, qumoq va soz tuproklardir. Tekisliklarda sho’rxok va sho’rxoksimon tuproq uchraydi. Er osti suvining chuq. 5-6 m. Sho’ro’zak massi- vida, hali o’zlashtirilmagan pastqam joylarda sho’rxoklar keng tarqalgan. Sug’oriladigan erlarning 32% sho’rlangan, 25% kuchsiz sho’rlangan, 16% sho’rxoklardan iborat. O’simliklardan lolaqizg’aldoq, boychechak, chuchmoma, qoqi yalpiz, ismaloq, yantoq, sho’ra, shuvoq, qo’ng’irbosh, qo’ziquloq, tuyatovon, quyonsuyak. juzg’un, qovul, oqquray, qiltiq, karrak, rang, Iloq, betaga, qiyoq, qamish, yulg’un, oqbosh, qushqo’nmas, na’matak, mingboshi, chitir, g’umay, pechak, saksovul, har xil butalar, jiyda, do’lana, tol, te- rak, qayrag’och, oq akasiya, zarang, shumtol va b. o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan: jayra, tulki, bo’ri, chiyabo’ri, qobon, jayran, nu- triya, ondatra, ko’rsichqon, suvkalamush, tipratikan, yumronqoziq, kaltakesak, ilon, toshbaqa, falanga, chayon, qoraqurt; qushlardan xo’jasavdogar, moyqut, bulduruq va b. bor. Tarixi. Qad. Sirdaryo tarixi haqida ma’lumot beruvchi muhim yozma manba qad. yunon tarixchisi Arrianning «Iskandar- ning harbiy yurishlari» asaridir. Bu asarda Sirdaryo «Tanais», «Yaksart» nomi b-n yuritiladi. Mil. AV. 3-2-a.larda O’rta Osiyoning shim. r-nlarida 5 ta mayda davlatlardan iborat Qang’yuy davlati Ittifoqi yuzaga keladi. Uning tarkibiga hoz. Sirdaryo VI- loyati hududlari ham kirgan. Ushbu davr- da ko’chmanchi aholining viloyat hududiga kelib o’rnashishi er tanqisligini yuzaga keltiradi. Natijada hoz. Xovos tumani- ning g’arbiy qismlari ham aholi tomoni- dan o’zlashtiriladi. Sho’rbuloqsoyning quyi qismida eski Xovos yodgorligi, Shi- rinsoyning quyi qismida Munchoqtepa yodgorligi qad ko’taradi. S.v. hududi ilk bor alohida o’lka— Ustrushona sifatida Beyshi, Suyshi va Tanshu kabi Xitoy yilnomalarida til- ga olinadi. Undan oldingi manbalarda Sharqiy Tsao (suvi yo’q) deb yuritiladi. Uning bunday nomlanishi hududda qo’shni Choch va Sug’ddan farkli ravishda daryolar- ning ko’p bo’lmaganligi b-n izoxlanadi. Nisbatan o’lkaning to’laroq nomlanishi Tanshu yilnomalarida («Shuaydushana», «Suydushana» nomlari b-n) berilgan. Tan imperatorlari saroyida o’lka nomi, shuningdek, Layviy (mag’rurligini sez- gan holda bo’ysunmoq) deb ham yuritil- gan. Viloyat qad. aholisining tili Sug’d tiliga o’xshash tilda so’zlashuvchi sirda- ryo va Amudaryo oralig’ida yashagan aholi tiliga yaqin bo’lgan. Xan davri yozma man- balarida Dovon (Farg’ona)dan to Ansi (Baqtriya)gacha bo’lgan hudud aholisi tur- li shevalarda gaplashsalarda, birbiriga yaqin tidda gaplashganlar va o’zaro birbi- rini tushunganlar deyiladi. Mil. 6-a.da Turk xoqonligi dav- rida mahalliy aholining turk qabilalari b-n munosabatlari rivoj- lanadi. Qudaandachilik munosabatlari o’rnatiladi. Ustrushona afshini Xasan ibn Haydar turk lashkarboshisining qiziga uylangan. 8-a.ga oid Xitoy yozma manbasi Syuandzanda yozilishicha, o’lka «Sutulisen» deb nomlanadi. Shuningdek, unda shim.g’arbda katta cho’l (Mirzacho’l) joylashganligi, o’lka hukmdori bosi tog’i (Turkiston tog’tizmasi)ning shim. yon bag’rida yashaganligi haqida ma’lu- motlar bor. O’lkada zarb qilingan 6-8- a.larga oid tangalar Ustrushonaning ilk hukmdorlari Chirdmish, Satagari, Raxang haqida ma’lumot beradi. Hokimiyat shu davrda otadan bolaga o’tgan. 8-a. boshida Ustrushonaga arablar bostirib kirgan. Ustrushona Arab va tan sulolasi o’rtasidagi kurash maydoniga aylangan. 749 y.da xitoyliklar yurish qilgan bo’lsa, 751 y.da Ustrushonani ara- blar bosib olgan. Fakatgina 9-a. boshla- ridan Haydar ibn qavus Arab xalifasi xizmatiga kiradi. 893 y.da afshinlar sulolasi ag’darib tashlanib Ustrushona Somoniylar dav- lati tarkibiga kiritshtshi. O’rta asr- lardagi Ustrushona haqida birmuncha to’liq ma’lumotlar Arab yozma manbala- rida mavjud. Ularda aytilishicha, o’lka hududi Xo’janddan Samarqandgacha, sir- Daryo daryosi va Mirzacho’ldan to Hisor tizma tog’larigacha bo’lgan. Istaxriy (10- a.) ma’lumotiga ko’ra, Ustrushonaning ko’pgina qismini tog’lar egallagan bo’lib, unda «kemalar suzishi mumkin bo’lgan Daryo ham, ko’l ham yo’q». Havkalga binoan, Movarounnaxrning boshqa viloyatlari qatori Ustrushona ham q.x. mahsulotlari b-n ajralib turardi. Bu mahsulotlar VI- loyat tashqarisiga, jumladan, Xo’jandga chiqarilgan. Ayrim shaharlarda bozor- lar bo’lgan. Ustrushonaliklarning fahri Mink va Marsmandada ishlab chiqarilgan temir qurollar bo’lib, ular Xurosonda ishlatilgan va Iroqqacha shu qurolyarog’ b-n qurollanganlar. Ustrushona poy- taxti Bunjikat sh. bo’lgan. O’rta Osiyo- dagi boshqa davlatlar qatori Ustrusho- na ham keyingi hayotida Qoraxoniylar, mo’g’ullar, Temuriylar, Shayboniylar va b. davlatlari tarkibidagi tarixiy dav- rlarni boshidan kechirgan. Qad. viloyat axoliey, asosan, soy va chashmalar bo’ylarida vohavoha bo’lib hayot kechirishgan. Viloyat hududida Xo’jamushkentsoy, Sho’rbuloqsoy, Mug’olsoy, Tagobsoy, Sarmichsoy singa- ri suv manbalari bo’lgan. Suv balansi- ning buzilishi manzilgohlarning yo’q bo’lib ketishiga yoki boshqa joyga ko’chib o’tilishiga olib kelgan. SV. da qad. kanallarning izlari, sardobalar mavjud. 70 km uzunlikdagi O’rinboyo’g’iz, Iskandarariq, Buxoroariq juda qad. kanallardir. 15-a.da Shohrux va Ulug’bek Sirdaryodan Mirzacho’lga kanal orqali suv chiqartirgan. Key- inchalik Mirzacho’lning Jan.sharqida Bo’zariq, Sirdaryoning o’ng tomonida Dalvarzinariq barpo etilgan. Qiyot ko’li yonida Sirdaryodan suv oladigan mayda ariqlar bo’lgan. 1872 y.da be- kobod yonida Kaufman kanali (13 km), 1878-82 y.larda To’ng’izariq (6 km) qazildi. 1883-85 y.larda Iskandarariq va Buxoroariq qayta kavlandi. 1891-95 y.larda Farhod tog’i yonida maxsus to’g’on (Shohto’g’on) qurildi. 1896 y.da hoz. Do’stlik kanali qazilib Mirzacho’lning ichkarisiga suv yuborildi. 1897 y.da Mirzacho’lda birinchi marta 6 ga erga pax- ta ekildi. 1899 y.da 8 ming ga, 1907 y.da 9,09 ming ga, 1910 y.da 12,2 ming ga, 1915 y.da 34,5 ming ga er sug’orilib, 19 ming ga erga paxta ekildi. 1926 y.da 180 km ariq va kanallar qazildi, sug’oriladigan maydonlar 53 ming gektarga etdi, 1927 y.da 60 ming ga (shundan paxta 27 ming ga), 1929 y.da 68 ming ga, 1934 y.da 134 ming ga, 1938 y.da 154 ming ga (shundan paxta 40 ming ga) er sug’orildi. 1942 y.da 180 ming ga er (shundan 70 ming ga er paxta) sug’orildi. 1943-48 y.larda Farhod GES, bosh to’g’on Do’stlik kana- liga tutashtirildi. Boyovut kanali va Farxrd suv ombori qurildi. Natijada Mirzacho’lning Jan. qismi va Dalvarzin cho’lini sug’orish masalasi hal qilindi. 1956-59 y.larda Qayroqqum suv ombori va GES (quvvati 126 ming kVt) qurildi. 1956 y.larda sug’oriladigan erlar mayd. 280 ming gektar erga etdi. 1960 y.da Jan. Mirzacho’l kanali (uz. 128 km) qazildi. 1958 y.da sho’r suvlarni oqizish uchun 90 km uzunlikdagi Markaziy Mirzacho’l kollektori qurilib, Boyovut va etti- soy kollektorlariga qo’shildi. Viloyat qududidan Sirdaryo oqib o’tadi. Aholisi. S.v.da, asosan, o’zbeklar (60%), shuningdek, qozoq, tojik, rus va b. 70 dan ortiq millat vakillari yashaydi. 1 km2 ga 126 kishi to’g’ri keladi (2003). Qishloq aholisi 455,9 ming kishi, shahar aholisi 211,9 ming kishi. Xo’jaligi. SV. respublikaning yirik paxtachilik bazalaridan biri. Viloyat xo’jaliklari, asosan, paxta etishtirish- ga ixtisoslashgan. Sanoati paxtani va boshqa q.x. mahsulotlarini qayta ish- lashga qaratilgan. Sanoati. 20-a. boshlarida viloyatda bir necha mayda korxona bor edi. 1970y. larda 8 paxta tozalash z-Di, 29 paxta qabul qilish punkti bo’lgan. Paxta z-dlaridan chiqqan paxta tolasi Bolgariya, Polsha, Kuba, Chexoslovakiya, Turkiya, Afrika mamlakatlariga jo’natilgan. SV. dagi 10774 ta korxonadan 10129 tasi kichik va o’rta biznes korxonasi, shundan 8557 tasi mikrokorxona va 1282 tasi kichik va 290 tasi o’rta korxonalar- dir. Viloyatda xorijiy investisiya ishti- rokida 39 ta korxona faoliyat ko’rsatadi. Ulardan 35 tasi qo’shma korxonadir. Qo’shma korxonalardan: O’zbekistan — Rossiya hamkorligidagi «Turkiston S» (konditer mahsulotlar ishlab chiqaradi), O’zbekiston — Chexiya «Lechiva» farmsa- noat qo’shma korxonasi (tibbiy spirt, do- ridarmon tayyorlaydi), chet el parranda- chilik firmasi, O’zbekiston — Avstriya «Sirdaryo», «Lolamodel» (trikotaj bu- yumlar ishlab chiqaradi), «Sarbonteks» (tibbiy bint, doka, jarroxlik salfet- kalari), O’zbekiston — Eron «Sayxun Paya» (tomat pastasi ishlab chikarila- Di), O’zbekiston — Xitoy «Paxtakor LTD» (issiqxona), O’zbek — Arab «OK,oltin PMB» (paxta tolasi ishlab chiqaradi) va b. korxonalar, ayniqsa, samarali faoli- yat ko’rsatmoqda. 9 paxta tozalash z-Di, Sirdaryo issiklik elektr st-yasi, Farhod GES, «momiq», «Zilola», «Shuxrat», «Gulistonnon», «Xovosdon», «oq oltin- don» aktsiyadorlik jamiyatlari, «say- xunsut» xususiy korxonasi, «Bunyod» korxonasi (temirbeton buyumlar ishlab chiqaradi) va b. ishlab turibdi. Qishloq xo’jaligi. Paxtachilik, g’allachilik, pillachilik, mevachilik, sab- zavotpolizchilik va chorvachilikka ixti- soslashgan. S.v.da 30 shirkat va 6170 Fer- mer xo’jaligi faoliyat ko’rsatadi (2004). Viloyatning jami ekin maydonlari 245,0 ming ga, shundan 115,3 ming ga erga paxta, 86,3 ming ga erga g’alla, 6,0 ming ga erga sholi, 1,9 ming ga erga sabzavot, 2 ming ga erga poliz, 450 ga erga kartoshka, 19,5 ga erga em-xashak ekinlari ekiladi. 1233 ga bog’va tokzor b-n band. Shuningdek, sug’oriladigan erlarga beda, no’xat, mosh, kunjut, tariq, loviya, kungabokar va b. ekiladi. Guliston va Xovos tumanlari sabzavot va poliz ekinlari ekiladi- gan asosiy joylardir. Viloyatda etish- tiriladigan qovun, tarvuz, piyoz Ural, Sibir va uzok, Sharqdagi shaharlarga xam jo’natiladi. Bog’dorchilik va tokchi- lik rivojlangan. S.v.dagi jami jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida 181,1 ming krramol (shundan 75,9 ming sigir), 120,5 ming qo’y va echki, 376,3 ming parranda, 6,1 ming ot boqiladi (2004). Viloyatda 2 ta baliqchilik xo’jaligi mavjud. Transporti. Viloyat hududidagi t.y. uzunligi 172 km, qattiq qoplamali AV- tomobil yo’llari uz. 1,6 ming km. SV. hududidan Toshkent—kitob, Toshkent — Nukus, Toshkent — Buxoro, Toshkent — Termiz, Toshkent — Samarqand, Tosh- kent — Andijon, Toshkent — Xovos po- ezdlari o’tadi. Toshkent — Samarqand, Toshkent — Guliston elektr poezd- lari qatnovi yo’lga qo’yilgan. Katta O’zbekiston trakti ham viloyat hududidan o’tgan. SV. orqali Toshkentdan Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Termiz, Ki- tob, Shahrisabz, Urganch, Nukusga katnay- digan avtobuslar o’tadi. Bundam tashka- ri, viloyat markazi b-n tuman markazlari o’rtasida hamda Guliston va Yangierdan Toshkentga avtobuslar katnaydi. Madaniy-maorif, sog’liqni saqlash va sport. Sirdaryoda 1914 y.da bitta, 1916 y.da 13 ta rus-tuzem maktabi faoli- yat ko’rsatdi. 1917-23 y.larda maktablar soni 52 ta, o’quvchilar soni 2030 ga etdi. 2003/2004 o’quv yilida S.v.da 308 umumiy ta’lim maktabi bo’lib, 156 ming o’quvchi, shu jumladan, 14 ta ixtisoslash- tirilgan maktabda 3659 o’quvchi ta’lim- tarbiya oldi. Viloyatdagi 14 musika va san’at maktabida 1300 o’quvchi, 22 sport maktabida 11 mingga yaqin o’quvchi ta’lim oldi. Xalq ta’limi tizimida xalqaro hamkorlik borasida ham ma’lum ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Mir- zaobod tumanidagi 21maktab YUNESKO maktabi Kengashiga a’zo, YUNISEF tashkiloti b-n hamkorlikda viloyatda 5 ta xonadonbog’cha tashkil etilgan. 2003 y.ning sentyabr oyida «ozod- likni qo’llab-quvvatlash» (AKSELS) Dasturi bo’yicha Toshkent sh.da bo’lib o’tgan ko’riktanlovda viloyatning 110 iqtidorli maktab o’quvchilari ishtirok etib, 1turdan 43 nafari muvaffaqiyatli o’tdilar. Viloyat shahar va tumanlarida 1998— 2003 y.larda 22 kasb-hunar kolleji va akademik liseylari binolari qurilib ishga tushirildi. Ular zamonaviy dastgoh va texnika b-n jihozlandi. 2004 y.da S.v.dagi 22 kasb-hunar kollejida 12483 o’quvchi, 2 akademik liseyda 1186 o’quvchi ta’lim oladi. Guliston univer- siteti mavjud. S.v.da 1 muzey (Guliston sh.dagi «Mirzacho’lni o’zlashtirish tarixi mu- zeyi»), 198 jamoat kutubxonasi (1659,8 ming nusxa asar), 103 klub va madaniyat uyi, 1 teatr (q. Sirdaryo teatri), viloyat rasmlar galereyasi faoliyat ko’rsatadi. Viloyat Ma’naviyat va ma’rifat marka- zi, xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar viloyat markazi, Guliston san’at bilim yurti, 2 ta madaniyat va istirohat bog’i, «O’zbeknavo», «O’zbekraqs» vilo- yat bo’limlari bor, «Sirdaryo navola- ri» ashula va raqs ansambli, 9 ta xalq havaskorligi jamoalari respublika va viloyat ommaviymadaniy tadbirlarida faol ishtirok etmoqdalar. SV. dan Sh. Rahmatullaeva kabi O’zbekiston xalq artistlari, A. G’ofurov, G’. Hamidullaev, M. Nurmatov, R. Hasanov, T. Qosimova, A. Yusuvaliev, A. Abdulla- eV, o. Abdullaeva, A. Xoliqov, R. Kari- mov, Sh. Jumaev kabi O’zbekistonda xiz- mat ko’rsatgan artistlar etishib chiqqan. Sog’liqni saqlash. Viloyatda 4,1 ming o’rinli (10 ming kishiga 63,2 o’rin) 32 kasalxona, 10 tug’ruqxona, 131 ambulato- riya, poliklinika, 130 qishloq vrachlik punkti, 108 dorixona va b. tibbiy mu- assasalarda 1522 vrach, 7616 o’rta tibbiy xodim ishlaydi (2004). Guliston sh.da re- spublika shoshilinch tibbiy yordam Mar- kazi ishlab turibdi. Uning 9 ta tumanda bo’limlari tashkil etilgan. Sport. SV. sportchilari sportning 33 turi bo’yicha turli darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqdalar. Shulardan kikboksing, kurash, belbog’li kurash, boks, akademik eshkak eshish, armrestling, taekvondo, engil atletika, shaxmat, shashka, karate, velosport va b. turlari bo’yicha xar xil turdagi medal sovrindorlari bo’lishdi. Viloyat sportchilari vakillari Re- spublika terma jamoalarining 19 ta- sida ishtirok etmoqdalar. SV. sportchi- lari 2003 y.da jahon, xalqaro va Osiyo musobaqalarida qatnashib sovrinli o’rinlarni egallashdi. Jumladan, kik- boksing bo’yicha Gresiyada o’tkazilgan jahon chempionatida Jahongir Ko’chmurodov, Alisher Abdullaevlar ol- tin medallar, Sobir Qodirov bronza medali, Rossiyada armrestling bo’yicha o’tkazilgan jahon chempionatida Farid Usmanov kumush medal, shashka bo’yicha Hindistonda o’tkazilgan Osiyo chempio- natida Alisher Ortiqov kumush medal, boks bo’yicha Italiyadagi jahon chempi- onatida Sherzod Abdurahmonov kumush hamda Boku sh.dagi xalqaro turnirda bronza medal sovrindorlari bo’lishdi. Italiyada akademik eshkak eshish bo’yicha xalqaro turnirda Sergey Tyan, Yuriy Shaxsuvaryan, Sergey Yaqubov va Vitaliy Silaevlar bronza medallarini, Rossi- yadagi xalqaro shaxmat turnirida Sobir Umarov 1-o’rinni, Angliyadagi kurash bo’yicha «Islom Karimov» xalqaro tur — nirida Alisher Bo’ronov 1-o’rinni qo’lga kiritdilar. 2003 y.da viloyat sport- chilari 6 ta jahon, 16 ta xalqaro, 40 ta dan ortiq respublika musobaqalarida qatnashib, munosib o’rinlarni egallash- Di. Viloyatda tennis bo’yicha xalqaro «Fyuchers» turnirini o’tkazish an’anaga aylangan. SV. da sportning texnik turla- ri (karting) bo’yicha Respublika chempio- natlari o’tkazilib kelinmoqda. Viloyatda 22 bolalar va o’smirlar sport maktabi faoliyat ko’rsatadi. Ular- da 11 mingga yaqin o’quvchi sportning har xil turlari b-n shug’ullanadi. Guliston sh.da viloyag sport qo’mitasiga qarashli Olimpiya o’rinbosarlari bolalar va o’smirlar maxsus sport maktabi ishlab turibdi. S.v.da sportchilar va aholi ixtiyori- da 1493 sport inshootlari (shu jumla- dan, «Alpomish» sport majmui, «boks» saroyi, «yoshlar sport markazi», tennis kortlar va b.), 1230 sport maydonchasi, 11 suzish havzasi, 12 stadion bor. Viloyatda barcha turdagi sport tashkilotlari sport sektsiyalarida 181,3 mingdan ziyod bola shug’ullanib kelmoqda. Bolalar sportini rivojlantirish bo’yicha umumiy ta’lim maktablari, kollej va liseylar bo’yicha o’quv dasturlari ishlab chiqildi, tegish- li choratadbirlar belgilandi. Ta’lim muassasalarini, sport maktablarini ma- lakali kadrlar b-n ta’minlashda Guli- ston davlat un-tida ochilgan boshlang’ich ta’lim va sporttarbiyaviy ishlar, jis- moniytarbiya va jismoniy madaniyat yo’nalishlari bo’yicha sirtqi bo’limning muayyan o’rni bor. Adabiyoti. S.v. adabiy muhitining yuksalishida «Sirdaryo haqiqati» gaz. ning tashkil etilishi (1963) munosabati b-n bu erga yuborilgan bir guruh yozuv- chi va jurnalistlarning ta’siri kata bo’ldi. Sirdaryo adabiyoti respublika ada- biyotining tarkibiy qismi sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Viloyatda «Ziyo» nashriyoti tashkil etilgan. Mustaqillik yillarida o’nlab yosh, iqtidorli shoirlar o’z ijodi b-n viloyat she’riyat muxlislar- ga tanilib kelmoqda. O’zbekiston xalq shoiri To’ra Su- Laymon o’zining 20 dan ortiq she’riy to’plamlari va dostonlari b-n o’zbek adabiyotiga qissa qo’shgan. Uning «Istar ko’ngil», «Hamqishlokdarim», «Qorasoch» va b. kitoblari adabiyot muxlislarining mulkiga aylangan. Shoira Halima Xudoyberdie- va poeziyasining mavzui Vatan, dala, Bobodehqon, ayol, muhabbat, mangulikdir. «O’zimizning bog’lar», «ona, seni sharaf- Layman», «Qalbingga chorlaysan» turkum she’rlari, «oq olmalar», «Chaman» va b. she’riy to’plamlarida insonning ruhiy dunyosi aks etgan. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan mada- niyat xodimi Hamroqul Rizo (Rizoqulov) Sirdaryoning meqnatkash kishilari ma- tonatini kuylab adabiyotga kirib kel- gan. Uning «Sirdaryo qasidasi», «cho’l qaldirg’ochi», «Umid karvonlari» she’- riy to’plamlari, «o’g’irlangan bolalik», «Oyning o’n beshi yorug'» qissalari o’z muxlislarini topgan. Shoira Hayotxon Ortiqboeva, hajvchi adib Jo’ra Umarqulov, va b. ijodkorlar Sirdaryo vohasining mustaqillik yilla- ridagi kamolotini, sirdaryoliklarning ijodiy mehnatini o’z asarlarida aks ettirmoqdalar. Adabiyotshunos Anqaboy Quljonov, Ravshanbek Maxmudov, Umrzoq O’ljaboev kabi olimlarning bir qancha asarlari nashr etilgan. SV. da O’zbekiston ijodiy uyushma- lari (yozuvchilar, rassomlar, me’morlar, jurnalistlar va b.)ning viloyat tashki- lotlari faoliyat ko’rsatadi. Matbuoti, radio va televideniesi. S.v.da 2 viloyat gaz. («Sirdaryo haqiqati», «Sirdarinskaya Pravda»), 9 tuman gaz., 5 shahar gaz. («Guliston yangiliklari», 1989; «Gulistanskie Novosti», 1989; «Yangier tongi», 1967; «Shirin Sadosi», 1995; «Baxtnoma», 1996 y.dan) chiqadi. Viloyatda, shuningdek, 14 tarmoq, 1 Xu- susiy gaz. («Yog’du plyus», 1994 y.dan chiqadi), 1 jurnal («universitet axbo- rotnomasi», 2001 y.dan chiqadi) nashr etiladi. SV. da dastlabki radioeshittirishlar 1963 y.dan boshlangan. Viloyat radiosi oyiga 21 soat 20 min. hajmida eshitti- rishlar beradi. Shuningdek, O’zbekiston radiosining birinchi «O’zbekistan» ka- nalida radioeshittirishlar retranslya- tsiya qilinadi. 1996 y.da viloyat telestudiyasi tash- kil etilib, teleko’rsatuvlar bera bosh- ladi. S.v.da, shuningdek, «aloqa A.K.» tijorat televideniesi (2001 y.dan), «Shodlik R» xususiy firmasiga qarashli «Kometa» kabelli telestudiyasi (2003 y.dan) faoliyat ko’rsatadi. Me’moriy yodgorliklardan viloyat hududida Sharof Rashidov tumanidagi Sardoba (16-a.)saqlanib qolgan (Sardo- baaagch rasmga q.) 640—641betlar orasidagi Sirdaryo viloyatining tabiiy va iqtisodiy ran pli xaritasiga q. Ad.: Alimov U. A., Sverchkoval. M., Arxeologicheskie issledovaniya sirda- rinskoy obl., IMKU. VIP. 21, T., 1987; Sirdarinskaya oblast — Otkritoe prostranstvo dlya investisiy, T., 1998; Qudratov. S, sardobalar o’lkasi, T., 2001. Abduqayum Abdurahimov, Solijon Qudratov, Ibrohim Karimov.