SINOPTIK METEOROLOGIYA

SINOPTIK METEOROLOGIYA, sinoptika (Yun. synoptikos — barcha narsani ko’ra oluvchi) — meteorologiya bo’limi. Makroko’lamdagi atmosfera jarayonlarini o’rganish va ular asosi- da obhavoni oldindan aytish haqidagi ta’limot. Bu jarayonlarga tsiklon yoki antisiklonparning paydo bo’lishi, EVO- lyusiyasi, harakatlari kiradi xamda ular xavo massalari va frontlar harakati hamda evolyusiyasi b-n uzviy bog’lanishda qaraladi. Bu sinoptik jarayonlarni tadqiq etishda sinoptik xaritalar, atmosfera vertikal qirqimi, Aero- logik diagrammalar muttasil taxlil qilinadi. Bu taqiqotlar havo xossalari- ning o’zgarishi va uning harakatlarini belgilovchi fizik qonunlarga tayanadi. Bunda joyning kengligi, xususan, u b-n bog’liq quyosh energiyasi mikdori va shu energiya ta’sir qiluvchi yuzaning xususi- yati (suv, quruqlik, relef va b.) qisobga olinadi. Energiya ta’sir qiluvchi yuza b-n atmosfera orasida uzluksiz is- siklik, namlik almashinib turadi. Shu tufayli erning turli qismlarida mroposferaning har xil xossali havo massalari hosil bo’ladi, ma’lum sharo- itlarda ular orasidagi chegara zonalari keskin atmosfera frontlarita aylana- Di. Bu frontlarda yuzlab va minglab km uzunlikdagi atmosfera to’lqinlari Vu- judga kelib, bu to’lqinlar kelgusida past va yuqori atmosfera bosimiga ega bo’lgan quyunlarga — tsiklon va antisiklonlarga aylanadi. Tsiklon va antisiklonlarning yuzaga kelishi, zo’rayishi, ko’chishi sabab- li, havo massalari taqsimoti o’zgaradi, natijada atmosfera frontlari ko’chadi va rivojlanadi. Tsiklon, antisiklon, havo massalari va frontlar b-n birga- likda bulutlar va yoginli joylar ham siljiydi, natijada shamol, havo namli- gi t-rasi hamda atmosferaning boshqa xossalarida mahalliy o’zgarishlar yuzaga keladi. Atmosfera umumiy tsirkulyasiya- si xarakteridagi uzluksiz o’zgarishlarga olib keladigan tsiklonlar faoliyatini oldindan bilish obhavoning kamida bir necha sutkalik prognozini berish im- konini tugdiradi. Atmosfera umumiy tsirkulyasiyasi turlarining birinketin almashinishini o’rganish esa obhavoning uzoq muddatli prognozini berishga im- kon tugdirishi mumkin. S.m.da Atmosfe-ra jarayonlarining juda katta fazodagi rivojlanishi ayni bir vaqtda tahlil qilinadi. Bunday taxlil er yuzasida va atmosferaning turli balandliklarida olib borilgan kuzatishlar asosida tu- zilgan sinoptik xaritalar (q. Obhavo xaritalari) asosida olib boriladi. Shuningdek, bulutlarning erning Mete- orologik sun’iy yo’ldoshlari, kosmik kemalar yordamida olingan televizion fotosuratlari, meteorologik radiolo- kator yordamida kuzatish ma’lumotlari va b. materiallardan ham foydalanila- Di. Bu empirik materiallar tsiklonlar, antisiklonlar, havo massalari va atmos- fera frontlarining strukturam, evolyu- tsiyasi va harakatini anikdashga imkon beradi. Ularni o’rganishda aniqlangan qonuniyatlarga asoslanib, gidrodina- mik nazariya asosida (ko’pincha miqdoriy hisoblashlar yordamida) obhavo prognoz- lari beriladi (yana q. Meteorologiya). Tsirkulyasiya sharoitlarini sinoptik taxlilidan ularning prognozi va obhavo sharoitlarini oldindan aytishda ekstra- polyasiya va dinamik meteorologiya sifa- tiy xulosalariga tayanadi. Tadqiqotlar rivojida bir necha davrlarni ajratish mumkin, ularning har biri meteorolo- giya taraqqiyotining yirik bosqichlariga mos keladi. Izobarik sinoptikaning rivoji, frontologik tahlil sohasidagi serunum tadqiqotlar, O’rta Osiyoning sinoptik jarayonlarini turlarga AJ- ratish, atmosferani harorat, namlik va shamol bo’yicha vertikal zondlash va uni meteorologiyada qo’llash — mana shu usulning asosini tashkil etadi. O’rta Osiyoda V. A. Bugaev, V. A. Jorjio, M. A. Petrosyans, N. N. Romanov va b. olim- lar rahbarligida o’tgan asrning 20— 50y.larida bajarilgan keng kulamdagi tadqiqotlar va prognoz sohasidagi ko’p yillik amaliy ishlar «O’rta Osiyoning sinoptika jarayonlari» fundamental monografiyasida umumlashtirilgan. 50y. lar boshi mikdoriy va sifatiy gidrodi- Namik taxlil va prognoz (V. A. Bugaev, V. I. Gubin va b.), statistikstoxastik usul- larning sinoptik jarayonlar tahliliga tatbiqi (V. I. Romanovskiy, T. A. Sarimsoqov, V. A. Bugaev, V. A. Jorjio va b.), O’rta Osiyo sinoptika jarayonlari- ga orografiya ta’sirini o’rganish (M. A. Petrosyans) ishlarining rivojlanishi b-n xususiyatlanadi. 60y.larda prognoz- ning gidrodinamik soniy usuli ishlab chiqildi. Erning meteorologik sun’iy yo’ldoshlari orqali bulutlarning tas- viri olina boshlandi. 2000y.larning boshlarida O’rta Osiyo sinoptik jarayon- larining asosiy xususiyatlari 1961-90 y.lardagi yangi me’yor asosida baholanib tadqiq etildi. Ad.: Zverev V. S Sinopticheskaya Mete- orologiya, L., 1977; Monin A. S, Prognoz pogodi, kak zadacha fiziki, M., 1969; Vo- robyov V. I., Sinopticheskaya meteorolo- giya, L., 1991; Muxtorov T., Ertangi kun obhavosi, T., 1999. Tohir Muxtorov.