Sentimentalizm

Sentimentalizm (Frans. sentiment — histuyg’u) — 18-a. 2-yarmi — 19-a. boshida Evropa va AQSh adabi- yoti va san’atidagi oqim. S.da hissiyot yaxshilik va yomonlikni belgilovchi, in- sonning qadrqimmatini aniklovchi aso- siy me’yor sifatida talqin qilinadi. Dastlab sentimental kayfiyatlar J. Tomson («yil fasllari», 1730), E. Yung («Tungi yullar», 1742-45), T. Grey («Qishloq qabristonida yozilgan Mar- siya» 1751) kabilar she’riyatida va o. Goldsmit, S. Stern nasrida ko’zga tash- lanadi. S.ning Frantsiyadagi yirik va- killari — A.Prevo, J.J.Russo va b. S. aklidrokdan ko’ra histuyg’uni ustun qo’yish asosida inson shaxsini tasdi- klashning yangi shakli edi. S. ruhidagi asarlarda inson histuyg’ulari har to- monlama badiiy tadqiq qilinib, psi- xologik taxlilga keng o’rin beriladi. Ayniqsa, histuygularning tabiiyligi ulug’lanadi. S. yo’nalishidagi asarlarda histuyg’uning ustuvor qo’yilishi inson- ning nafaqat o’z olami, balki tabiatga bo’lgan munosabatini ham o’zgartirdi. S.da tabiat inson kechinmalariga hamohang tarzda, uning ichki dunyosini chuqurroq ochishga yordam beruvchi vosita sifatida namoyon bo’ldi. L. Sternning tugallanmagan «Sentimental sayoxat» (1768) asaridan ta’sirlangan D. Yum in- sonning o’z-o’ziga qaytishi, o’z-o’zini an- glashi to’g’risida irrasional nazariyalar yaratdi. Rossiyada S. 18-a.ning 90y.larida N.M. Karamzin ijodida o’z aksini top- Di. Uning «Bechora Liza» (1792), «Yuliya» kabi asarlarida oddiy kishilarga, dehqonlarga xayrixoxlik tuyg’ulari ifodalanadi. Bu asarlar rus adabiyotiga psixologik badiiy taxlilni olib kir- Di. Sentimentalchilar adabiyotda maktub, Sayohatnoma, marsiya, qasida, idilliya, ma- sal singari janrlarni taraqqiy ettir- dilar. S. o’zining eng yuksak namunalari- da hayotga isyonkorona, tanqidiy munosa- batda bo’lishni o’rgatdi, insonning ichki olamini, kechinmalari va hissiyotlarini e’zozlashni targ’ib qildi. O’rta Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda 20-a. boshlarida jadidchilikning shak- llanishi, rus va Evropa adabiyotidan tar- jimalarning ko’payishi, tatar, Ozarbay- jon, turk adabiyotlari ta’sirida yangi ma’rifatchilik g’oyalarining o’sishi natijasida Behbudiyning «Padarkush», Hamzaning «yangi saodat», «Zaharli hayot»; Qodiriyning «baxtsiz kuyov», «jinlar bazmi» asarlarida, Fi- trat va Cho’lponning ayrim dramatik va lirik asarlarida sentimental kayfi- yatlarga moyillik, kuchli hissiyotlarga berilish, hissiy-ma’rifiy tanqid nishonalari va mayllari yaqqol ko’zga tashlandi. Bu mayllar 20y.larning o’rtalariga qadar davom etdi, lekin S. o’zbek adabiyotida mustaqil oqim tusi- ga kirmadi. S. vakillari (A. S. Gretri, K.F. Bax, K.F.D.Shubart) musiqaga — inson tuyg’ularini be vosita aks etti- rib, tinglovchilarga kuchli ta’sir eta oladigan san’at turi sifatida alohida o’rin ajratgan. S.da musiqiy janrlar va obrazlar majmuasi kengaydi. Hajviy operaga dramatizm unsurlari kirib kel- Di (N.Pichchinni, P. Monsini, A. Gretri operalari), yangi — melodrama janri qaror topdi, cholg’u jurnavozligida ijro etiladigan yakkaxon qo’shig’i (Berlin MAK- tabi vakillari, rus kompozitorlar ijo- dida) rivojlandi. Shuningdek, S. Man- geym maktabi ijodkorlari, qisman I. Gaydn, V.Amosart, keyinchalik F. Shu- Bert, P. Chaykovskiy va b. kompozitorlar asarlarida o’z ifodasini topgan. Ad.: Tron ekaya M., Nemeskiy senti- mentalnoyumoristicheskiy roman epoxy Prosvetsheniya, L., 1965; Kochetkova N.D., Poeziya russkogo sentimentalizma. N.M. Karamzin, I.I.Dmitriev, v kn., Istoriya russkoy poezii, t. 1, M.L. 1968. Dildora Rashidova.