Svetofor

Svetofor (rus. svet — yorug’lik va Yun. phoros — eltuvchi) — yorug’lik Signa- li beradigan elektr qurilma. Piyodalar va transport vositalarining ko’chada, yo’lda va t.y.dan o’tish joylaridagi harakatini hamda t.y. tarkibi qatnovini tartibga solib turish uchun ishlatiladi. Semafor tarzida S. birinchi marta 1868 y. Londonda o’rnatilgan. Qo’lda boshkari- ladigan birinchi elektr S. 20-a. boshida AQSh da paydo bo’lgan (unda faqat yashil va kizil chiroklar bo’lgan). Dastlabki 3 rangli (yashil, sariq va qizil) S. 1918 y. NyuYorkda, 1930 y. Moskvada ishlatil- gan. Sdan t.y.da foydalanish 20-a.bosh- larida raem bo’lgan. S.larni o’rnatish va ulardan foydalanish qoidalari Venada 1968 y. qabul qilingan «yo’l belgilari va signallari haqida Konventsiya» va bu konventsiyani to’ddiruvchi Evropa keli- shuvi (1971, Jeneva) talablariga ko’ra belgilab qo’yilgan. O’zbekistonda 2001 y. xalqaro me’yorlar asosida ishlab chiqilgan «yo’l harakati qoidalari»ga rioya qilinadi (q. Yo’l belgilari). S.ning 1, 2 va 3 sektsiyali hamda qo’shimcha sektsiyali xillari bor. Bir sek- tsiyali S.da faqat bir xil — sariq yoki qizil chiroq yonadi. Sarig’i o’chibyonib, haydovchilarni ogohlantirib turadi. Agar transport vositasini to’xtatish lozim bo’lsa (mas, t.y.dan o’tish joylari- da, o’t o’chirish avtomobillari chiqadigan joylarda va h.k.), qizil chiroq yonadi. Ikki sektsiyali S.da 2 xil — yashil va kizil chirok yonadi. Asosan, shaharlarda t.y.dan o’tish joylariga o’rnatiladi. U ch sektsiyali S.da uch xil — yashil, sarik, va qizil chiroq yonadi. Tik va yotiq joy- lashgan xillari bor. Asosan, yo’l (ko’cha) chorrahalariga o’rnatiladi. Yashil chiroq yonganda relssiz trans- port vositalari barcha yo’nalishlarda, tramvay esa to’g’riga va chapga harakatlanishi mumkin. Qizil chiroq yon- ganda barcha transport vositalarining harakati to’xtaydi, tramvay esa o’ngga burilishi mumkin. Sariq chiroq yonganda chorrahaga yaqinlashayotgan transport vo- sitalari to’xtaydi, chorrahaga kirganlari chorrahani bo’shatadi, signal o’zgarishini kutib turganlari harakatlanishga tayyor- lanadi. O’chibyonib turadigan sariq chiroq haydovchilarni ogohlantiradi. Qo’shimcha sektsiyali S. chapga buri- lishni, o’ngga burilishni, ikkala tomon- ga burilishni va 3 tomonli chorrahalarda to’g’riga harakatlanishni ko’rsatadi. Bunday S.lar serharakat chorrahalarga o’rnatiladi. Qo’shimcha sektsiyadagi «strelka» signali yonganda (S.dagi qaysi asosiy chiroq yonganidan qat’iy nazar) transport yongan strelka yo’nalishida harakatlanishi mumkin. S.lar chorraha chetiga, o’rtasiga osib qo’yilishi, maxsus ustunga yoki bino de- voriga o’rnatilishi mumkin. Ular, aso- san, avtomatik tarzda yonib o’chadi. Shu maqsadda EHM dan ham foydalaniladi. Harakatni avtomatik boshkarishning uyg’unlashtirilgan tizimi borgan sari kengroq qo’llanilmoqda. Bunda, mas, bir yo’nalishda o’rnatilgan S.lardan birining yashil chirog’ida o’tgan trans- port ma’lum tezlikda (mas, 45 km/ soat) harakatlansa, navbatdagi S.ning ham yashil chirog’iga to’g’ri keladi va h.k. Qanday tezlikda harakatlanish kerakli- gi haqidagi belgi har qaysi S. yaqiniga osib qo’yiladi. Bunday tizim «yashil to’lqin» deb ataladi. Sdan sanoatda dis- petcherlik (boshqarish) da ham foydala- niladi. T.y. svetofori st-yalar va o’tish joy- lariga o’rnatilib, t.y. tarkibining harakatini tartibga soladi va uning tez- ligini belgilaydi. Bunday S.da yashil, kizil, ko’k, sariq va sutrangoq chiroklar bo’ladi. T.y.ning avtomatik yoki yarim AV- tomatik blokirovka b-n ta’minlangan bir qismini boshqaradi.