Sariosiyo tumani

Sariosiyo tumani — Surxonda- ryo viloyatidagi tuman. 1926 y. 29 sent.da tashkil etilgan. 1959 y.dan Denov, 1962 y.dan uzun tumanlari tarkibida, 1964 y. 22 Fev.dan S.t. nomi b-n qaytadan tuzil- gan. Jan.sharqsan uzun, Jan.g’arbdan boy- Sun, Jan.dan Denov, Qumqo’rg’on tumanla- ri, shim. va sharkdan Tojikiston Respu- blikasi, shim.G’arb va g’arbdan Qashqadaryo viloyati b-n chegaradosh. Mayd. 3,15 ming km2. Aholisi 147,8 ming kishi (2003). Tumanda 1 shaharcha (Sariosiyo), 1 shahar (Sharg’un), 9 qishloq fuqarolari yig’ini (Bo’ston, Dashnobod, Navro’z, Sangardak, Sariosiyo, So’fiyon, Toqchiyon, Xufar, O’zbekiston) bor. Markazi — Sariosiyo shaharchasi. Tabiati. Tuman viloyatning shim. qismida joylashgan. Relefi xilma- xil. Shim. Hisor (eng baland joyi — Xo’japiryax tog’i — 4303 m) tog tizmala- ri va ular orasidagi Surxondaryo, tupo- londaryo va irmoklarining vodiylaridan iborat. Jan.g’arbiy qismi Bobotog’va Boysuntog’tizmalari (eng baland joyi — Zarkosa tog’i, 2290 m) va ular orasida- gi pastbaland adirlar b-n band. Xufor, Xondiza, Istoch, Vochax, Maland, Zoxona qishloqlari 2500-2800 m balandlik- da joylashgan. Er usti tuzilishining xilmaxilligi iqlim, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosiga ham ta’sir et- gan. Iqlimi quruq subtropik iqlimga xos, qishi qisqa, yozi esa davomli. Yil- lik o’rtacha tra 15,6°. Tekislik qismida yanv.ning o’rtacha t-rasi 2,5, iyulniki 28°. Eng yuqori tra 44°. Vegetasiya dav- ri 270— 280 kun. Yillik o’rtacha yog’in miqdori 200-300 mm. Tog’larda 790 mm. Jan.g’arbdan esuvchi, quruq, changbo’ronli afg’on shamoli salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tumanning hududidan o’tuvchi eng uzun va sersuv To’polondaryo Surxondaryoga quyiladi, shuningdek, Obizarang, San- gardakdaryolar ham bor. Ezda Daryo va soy- larda suv keskin kamayadi. To’polon suv ombori Surxondaryo viloyatining 10 ta tumanini suv b-n ta’minlaydi. Hisor tog’i etaklarida oddiy yoki tipik bo’z, qo’ng’ir bo’z tuproqlar, Bobotog’etaklarida och bo’z, shag’alli bo’z, Daryo vodiylarida esa allyuvial o’tloqi, o’tloqibotqoq, tekisliklar- da och bo’z tuproklar tarqalgan. Yovvoyi o’simliklardan: tog’larda zarang, yong’oq, archa, bodom, qatrang’i; butalardan pi- sta, do’lana, itburun, chiya; kserofit- lardan tikanli kavrak, betaga, chaytab, oqmomiq, to’ng’izsirt, suvrang, choyo’t, cha- lov, qiziltikan, astragal va b. o’sadi. Yov- voyi hayvonlardan: bo’ri, sug’ur, tulki, qora va qo’ng’ir ayiq, qoplon, silovsin, qobon, jayran, jayra, kalamush, qo’shoyoq, ko’rsichqon; o’qilon, O’rta Osiyo kobrasi (ko’zoynakli ilon), bo’g’ma va qora ilonlar, gekkon kaltakesagi; qushlardan tog’lo- chini, kopcha, kalxat, burgut, so’fito’rg’ay, chil, xilol, kaklik, kaptar; baliklardan shohbaliq, ilonbaliq, laqqabaliq va b. bor. O’zbekistonda yagona kokslanuvchi ko’mir olinadigan Sharg’un ko’mir koni, Xondiza polimetall koni, kurilish ma- teriallari, neft, gaz mavjud. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va b. millat vakillari ham yashay- Di. 1 km2 ga o’rtacha 47 kishi to’g’ri keladi. Qishloq aholisi 115,3 ming kishi, shahar aholisi 32,5 ming kishi (2003). Xo’jaligi. Q.x. da paxtachilik, g’allachilik, chorvachilik taraqqiy et- gan. Sanoati xam salmoqli o’rin tuta- Di. Sharg’un toshko’mir koni, marmar, fosfor konlari, rux foydali kazil- malari mavjud. 3 ta qo’shma korxona, 34 kichik korxona, 2 temirbeton buyumlari, 2 shag’alsaralash z-dlari, Sariosiyo par- randachilik korxonasi bor. Qo’shma kor- xonalardan «Miftox» O’zbekiston—Ros- siya, «Lajer» O’zbekiston—Tojikiston (pivo ishlab chiqaradigan) korxonalari ishlab turipti. Tuman hududidan Kalif — Termiz — Sariosiyo — Tojikiston «Do’stlik» tabiiy gaz quvuri, t.y. o’tgan. Tumanda 11 shirkat, 229 fermer dehqon xo’jaliklari faoliyat ko’rsatadi. Uzun o’rmon xo’jaligi, Hisor dorivor o’simliklar xo’jaligi, asalchilikka IX- tisoslashgan xo’jalik bor. 5765 ga may- donga paxta, 3300 ga maydonga g’alla, shu- ningdek, sabzavot, beda, em-xashak ekin- lari ekiladi (2003). Meva va uzum etish- tiruvchi xo’jaliklar ham bor. O’rmon xo’jaligida Bobotog’pistasi va ko’pgina dorivor o’simliklar tayyorlanadi. Tuman jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida 51 ming qo’y va echki, 7 ming ot boqiladi, shuning- dek, qoramol, parrandachilik fermalari ham bor. Yirik Hisor qo’ylari etishti- riladi. Ekinzorlar Hasanxon kanali, Katta va kichik Damariq kanallaridan sug’oriladi. Tumanda 71 umumiy ta’lim makta- bi (31 mingo’quvchi), 2 ta gimnaziya, 3 ta maxsus internat maktab, 3 ta kasb-hunar kolleji (3 mingga yaqin o’quvchi) faoliyat ko’rsatadi. S.t.da 41 ta kutubxona, 3 mada- niyat uyi, 11 klub, xalq teatri, ashula va rake ansambli ishlab turibdi. Stadion va b. muassasalar mavjud. Kasalxona, po- liklinika, tug’ruqxona, qishloq vrachlik punktlari, Xondiza dam olish majmui aholiga xizmat ko’rsatadi. Tuman xududi orkali Toshkent — Dushanba, uzun — Sharg’un poezdlari o’tadi. «Sariosiyo» tu- man, gaz. 1932 y.dan chiqadi (adadi 2000).