San’atshunoslik
San’atshunoslik — keng ma’- noda san’atni o’rganadigan ijtimoiy fanlar majmui; umuman olganda ja- miyatning badiiy madaniyatini to’liq holda va san’atning alohida turlari, ularning vujudga kelishi va taraqqiyot qonuniyatlari, o’ziga xosligi va voqelikka munosabati, ijtimoiy ongning tarixda- gi roli, ijtimoiy hayot va madaniyatning boshqa jarayonlar b-n aloqasi, badiiy asarning mazmun va shakl b-n bog’liq bar- cha masalalari yig’indisini o’rganadi. S fani adabiyotshunoslik, muetshashunos- lik, Teatrshunoslik, kinoshunoslik, shu- ningdek, tor va eng ko’p qo’llaniladigan ma’nodagi S, ya’ni nafis (plastik) yoki fazoviy san’atlar hisoblangan me’mor- lik, rang-tasvir, haykaltaroshlik, gra- fika, amaliy san’at, bezak san’ati kabi- larni ham o’z ichiga oladi. Xususan, tas- viriy san’at, me’morlik, amaliy bezak san’atining ko’p jihatlari va dizaynni maxsus o’rganadi. Plastik san’atlar do- irasida Sning san’at nazariyasi, san’at tarixi va badiiy tanqid kabi turlari mavjud. Ular o’zaro uzviy aloqada bo’lib, har biri o’zining maxsus vazifasiga ega. San’at nazariyas i nafis san’atga nisbatan g’oyaviy mazmun, badiiy shakl, uslub, ifoda vositalari, san’atning tur va janrlariga xos maxsus xususiyat- lari va b. masalalarni ularning o’zaro aloqasida o’rganadi; shuningdek, umumiy qonuniyatlarni, san’at taraqqiyotining ob’ektiv mantiqi, uning jamiyat b-n munosabati, jamoa va shaxsga nisbatan ta’sirini ko’rib chiqadi. San’at tari- XI esa san’atning umumiy taraqqiyoti («umumsan’at tarixi»)ni biror mam- lakat yoki alohida davrda o’rganadi va tadqiq qiladi, san’atning biror tur yoki janri, oqimi, yo’nalishi rivoji- ni, ayrim rassomning ijodiy uslubini taxlil qiladi. Badiiy tanqid zamona- viy badiiy hayotni taxlil qiladi, uning yo’nalishi, tur va janrlarini, ayrim san’at ustalarining ijodi va ularning alohida badiiy asarlarini tekshiradi va baholaydi; san’at hodisalarini hayot va ijtimoiy davr ideali b-n qiyoslaydi. Shular asosida Sning asosiy sohalari va adabiy janrlari belgilanadi: naza- riy risola, rassomlar uchun qo’llanma, nazariy va tarixiy, umumiy va maxsus (monografiya) tadqiqotlar, maqola va nutqlar, tanqidiy umumlashmalar shu- lar jumlasidan. S. jamiyatshunoslik va qator aniq fanlar uslubidan foydala- nadi; shuningdek, badiiy ijod tadqiqot ob’ekti bo’lganligi tufayli uni estetik baholash, muayayn davr uslubi yoki san’- atshunosning shu jarayonlar b-n bog’liq individual didi haqida mulohaza yuri- tadi. Sning ilmiy faoliyati keng va xil- maxil: o’rganilayotgan soha bo’yicha aniq dalillarni to’plash, ularni atroflicha o’rganish va umumlashtirish; san’at yod — gorliklarini ekspedisiyalar yordamida ochish, ta’mirlash turlari; yodgorliklar- ni aniklash, ro’yxatga olish va tartibga solish; rassom va uning asarlari haqida ma’lumot to’plash, ilmiy muzeylar kata- logini tuzish, biografik va b. ma’lumot- nomalar yaratish, rassomlar adabiy mero- si (esdalik, xat, makrlalar va b.)ni nashr qilish kabilar kiradi. Sning ijtimoiy ahamiyati uning xulosa va yakunlarining ilmiy ahamiyati b-n birga san’atni om- malashtirish va tashviq qilish (ilmiy ommabop adabiyotlar, ma’ruza, ekskursi- yalar uyushtirish), keng kitobxonlarni san’at asariga jalb qilish va uni tu- shuntirishi b-n belgilanadi. S. zamo- naviy estetik tamoyillar miqyosida va badiiy meros sohasida u yoki bu baholash tizimini belgilashi b-n o’z zamonasi- ning ijodiy jarayoniga chuqur ta’sir ko’rsatadi. S. fan sifatida 16-19-a.lar mobay- nida shakllangan. Bunga qadar, falsa- fiy, diniy va b. fanlar tarkibida yoki ayrim ma’lumot, qo’llanmalar bayoni ko’rinishida bo’lgan. Ilk namunalari Yunoniston (Aristotel, Platon, mil. AV. 4-a.), Qad. Rim (Tsitseron, Vitruviy, mil. AV. 1 — mil. 1-a.), Osiyo mamlakat- larida san’at nazariyasi va tarixining kuplab holatlari bayon kilingan yaxlit va universal ko’rinishdagi risolalar bitilgan. Ularda me’mor va rassomlar- ga ayrim qo’llanmalar, diniy mifolo- gik afsonalar falsafiy, axloqiy va b. tasavvurlar, san’at tarixi elementlari qo’shilgan holda bayon qilingan. Sharqda o’rta asrlarda yaratilgan risolalarda tajribali musavvir va xattotlarning tavsiyanomalari, Islom aqidalari va ma’rifiy insonparvarlik an’analari jamlangan (Sultonali Mashhadiy, do’st Muhammad, 16-a.), S.ning fan sifatida shakllanishida Uyg’onish davri muhim bosqich bo’ddi (L. Giberti, L. Alberti, Leonardo da Vinchi, A. Dyurer va b.), ma’- rifatchilik davrida mustaqil fan sifa- tida ajralib chiqa boshladi (frantsuz D. Didro, nemis g. Lessing va b.). O’zbekistonda S. fan sifatida 20-a. 20y.laridan shakllandi. Dastlab badi- iy tanqidchilik jadal rivojlandi; 40y. lardan milliy madaniyat va uning mero- siga e’tibor kuchaydi, san’atda Vatan- parvarlik goyalari o’z ifodasini topdi. 50—80y.larda dolzarb masalalar, Rea- listik kup qirrali izlanishlarga keng yo’l ochildi (B. Nikiforov, L. Jadova, S. Krukovskaya, M. Myunts, A. Umarov, R. Toqtosh, D. Faxretdinova, T. Maxmudov, L. Shostko, A. Hakimov, N. Abdullaev va b.). O’zbekiston ba San’atshunoslik institutida tarixchisan’atshunoslar to- monidan qad. va o’rta asrlar san’atining yangiyangi qatlamlari o’rganilmoqda (g. Pugachenkova, L. Rempel, P. Zoxidov, Sh. Toshxo’jaev va b.). Abduvali Egamberdiev.