Surilma
Surilma — tog’jinslarining gravitasion jarayonlar ta’sirida yon bag’ir bo’ylab pastga tomon siljishi. Surilgan tog’jinslarining hajmi bir necha o’n m3 dan 1 mlrd. m3 gacha bo’lishi mumkin. S. massa (tana), uzilish devori, sirpanish yuzasidan iborat (q. sxema). Qalinligi 1 m dan 20 m gacha va undan ortiq bo’ladi. S.ning yuzaga kelishiga, asosan, yon bag’irlar ostki qismida tayan- chlarning yo’qolishi yoki kamayishi sabab bo’ladi. Ular esa yon bag’irlarning suv yuvishi natijasida emirilib qiyaligini ortishi, tog jinslarining nurash yoki yog’ingarchilik va er osti suvlari ta’si- rida ortikcha namlanishi sababli jin- slar mustahkamligining kamayishi, seysmik harakatlar, joyning geologik sharoitlari hisobga olinmay olib bori- layotgan qurilish va b. xo’jalik faoliyat- lari (yon bag’irlarda yo’llar qurilishi, bog’va ekinzorlarni ortiqcha sug’orish va h.k.) oqibatida kelib chiqadi. Siljish- ning, asosan, 4 tipi farq qilinadi: sir- panish — bunda zo’riqish qulab tushishi pog’onasiga etadi; yuvilish — er osti eroziyasi vujudga kelib, qatlamlar ora- si erib oqadi; suyulish — yon bag’irlarda suvga to’yingan qumgilli va lyossli jin-slarda seysmik tebranishlar natijasida suv utkazmaydigan 2 qatlam oralig’idagi loysimon massa oqib chiqadi; sudral ib tushish — doimiy bosim ostida se- kinasta deformasiyalanish. S.larning yuzaki, loyli oqim, seysmogen turlari ham bor. Seysmogen S.lar hajmi kat- ta, chuqur, shiddatli bo’ladi [mas, Usoy (1911), Fayzobod (1943,1947), Burchmul- la (1946), Hait (1949), Hisor (1989) va b.|. S.larning aniq vaqtini oddindan aytish kiyin, chunki u meteorologik, gi- drogeologik va seysmik omillar bilan bog’liq. S. ko’p hollarda suvli va suv ut- kazmaydigan gilli qatlamlar navbatla- nib joylashgan, yon bag’irlar ostini suv yuvib ketgan joylarda ro’y beradi. Yuza- sining qiyaligiga kaiab juda yotik (5°). yotik (5-15°). Surilma pogonalari yoki dongliklor tikroq (15-45°), tik (45°) yon bag’irlarda sodir bo’ladigan S.lar mavjud. Yuzasining chuqurligi yuza (1 m gacha), sayoz (5 m gacha), chuqur (20 m gacha) va juda chuqur (20 m dan ziyod) bo’lishi mum- kin. Sathi bir necha m2 dan 500— 600 m2 gacha. S.lar tog’li hududlar xo’jaligiga katta zarar etkazadi. Ularga qarshi yon bag’irlarda o’simliklar ekish, suvli qatlamga tushadigan suv miqsorini ka- maytirish va b. tadbirlar amalga oshi- riladi. O’zbekistonda 2 mingga yaqin S. maydonlari qayd etilgan bo’lib, ularda so’nggi 40 yil davomida 8 ming chamasi- da mayda va yirik S ro’i berdi. Avto- mobil yo’llari, kanallar, konlar, suv omborlari chekkasidagi qiyaliklarda texnogen S.lar soni 1980 y.dagidan 3-4 barobarga ortdi. O’zbekistonda S.lar, asosan, Chirchiq, Ohangaron vodiylari tog’yon bag’irlarida, G’alvasoy, Xo’jakent, Ohangaron, Zag’anasoy va b. joylarda, shu- ningdek, Tojikiston va Qirg’izistonda ko’proq sodir bo’ladi. S. dunyoning juda ko’p regionlarida uchraydi. Aholi yashay- digan joylarda vayronagarchiliklarga olib keladi. YUNESKO qoshida 2002 y.da S bo’yicha xalqaro kontsern tashkil etilgan.