ZARIF MISKAR

ZARIF MISKAR (1800, Buxoro-?) — atoqli qo’g’irchoqboz. Yoshligida raqqoslik qilgan, keyinroq surnaychi (mehtar) sifatida qo’g’irchoqbozlar bilan tomosha ko’rsatgan, ba’zan masxarabozlik ham qilgan. Taxminan 19 asrning o’rtalarida O’rdaga ishga taklif etilib, Buxoro amiri saroyidagi qug’irchoqbozlar hamda raqqoslar to’plariga rahbarlik qilgan. Ip bilan o’ynatiladigan «Chodir xayol» qo’g’irchoq teatri ustasi sifatida tanilgan. Ayniqsa «Sarkardalar» tomoshasi katta muvaffaqiyat qozongan. Mashhur qo’g’irchoqboz Doniyor qo’g’irchoqboz ham Zarif miskarning shogirdi.