SOAT

SOAT — 1) xalqaro birliklar tizi- miga kirmaydigan vaqt o’lchov birligi, qiymati 60 minut yoki 3600 sekundga teng vaqt oralig’i (q. Vakt); 2) vaqtni o’lchash uchun ishlatiladigan asbob. Odamlar vaqtni o’lchash b-n qadimdan shug’ullanib kelishgan. Ular Quyosh, oy harakati va b. hodisalarning muayyan vaqtlarda takror- lanib turishini sezganlar va ulardan vaqtni o’lchashda foydalanganlar. Erning o’z o’qi atrofida aylanishi — sutka, er- ning Quyosh atrofida aylanishi — yil vaqtni o’lchashda asosiy mezon bo’ladi. Yunon astronomi K. Ptolemey (mil. AV. 2-a.) sutkani soat, minut va sekundlarga bo’lgan (q. Kalendar). Vaqtni juda aniq o’lchash uchun maxsus astronomik kuzatish- lar o’tkazilgan. Dastlab, quyosh soati, keyinchalik eye soati, o’rta asrlarga ke- lib, qum soati paydo bo’ldi. 15-a. 1-yar- mida Ulug’bek Samarqandtsa bal. 50 m li quyosh soati yasagan (hozir saqlanmagan). Qum soati fotografiya, tibbiyot va b. sohalarda hozir ham ishlatiladi. Il- Gari O’rta Osiyoda ham quyosh, suv va qum S.idan foydalanilgan. Mexanik S.lar haqidagi ma’lumot- lar yunon qo’lyozmalarida (mil. AV. 6-a.) uchraydi. 936 y. monax Gerbert, keyin- chalik pop Silvestr II zangli mexanik soat yasashgan. G. Galiley 1640 y. S.da mayatnik ishlatishni taklif qilgan (Le- kin mayatnikli S.ni o’zi yaratishga ulgur- magan, o’g’li Visentsio 1649 y. yasagan). Golland olimi X. Gyuygens ham 1657 y.da mayatnikli soat yasadi va mayatnik tebra- nishining matematik nazariyasini ish- lab chiqdi. Dastlabki cho’ntak S. 16-a.da ixtiro qilindi. X. Gyuygens cho’ntak so- atiga balansir spiral tizimini (hoz. S.ning asosiy mexanizmini) kiritdi va S.ning aniq yurishi ancha yaxshilandi. I.P. Kulibin 18-a.datovuqtuxumidek ke- ladigan murakkab mexanizmli mexanik S. yasadi. U xar chorak soatda zang uradi. Rossiyada birinchi zangli soat 1404 y. Moskvada Blagoveshchensk sobori yakini- ga o’rnatilgan. Uni vizantiyalik monax Lazar Serbii yasagan. 19-a.da qo’l S. paydo bo’ldi; bunday S. cho’ntak Sdan farq qilmaydi; ular- da qo’shimcha qismlar, mas, calendar ko’rsatkichi, Sekundomer, o’z-o’zidan bu- rash mexanizmi va b. bo’lishi mumkin. Dastlabki elektr S. Rossiyada 1840 y. yasaldi. 20-a.da elektrmexanik, elek- tronkvars, molekulyar, atom S.lari yara- tildi. Toshkentda 1947 y. kurilgan tosh- kent kuranti minorasiga 4 tsiferblatli zangli elektr S. o’rnatilgan. Vazifasiga ko’ra, S.ni shartli ravish- da maishiy va maxsus xillarga bo’lish mumkin. Maishiy S.lar: ayollar va er- kaklar qo’l soati, cho’ntak S, qo’ng’iroqli S. (budilnik), stol S, osma S, polga qo’yiladigan S. Maxsus S.lar: shaxmat S, Sekundomer, xronoskop va b. Energiya manbaiga kura, atom, kvars, mexanik, molekulyar va elektr; tebranish tizimi bo’yicha mayatnikli, balansirli va kamer- tonli xillarga bo’linadi. Mexanik S.ning asosiy mexanizmla- ri: dvigatel (prujina), uzatuvchi mexa- nizm (angrenaj), yurgizish (bo’shatish) mexanizmi, rostlagich, prujinani bu- rash, mil (strelka)ni to’g’rilash va mil mexanizmi. Dvigatelining energiyasi tishli uzatmalar orqali rostlagich- ga keladi. Rostlagich tebranishlarni so’ndirmay turadi. Mayatnik va balansir bir tekis tebranish hosil qiladi (yur- gizish mexanizmi va tishli uzatmalar orqali millarni aylantiradi). S.ning barcha qismlari yuqori sifatli po’latdan yasaladi, yokug toshlar S.da podshipnik vazifasini bajaradi. S.ning ko’plari 16-17 toshli, ba’zilari 23, 29 toshli bo’ladi. S. maxsus moylar b-n moylanadi (yana q. Atom soati, kvars soati).