Suyurg’atmishxon, Suyurg’atmish
Suyurg’atmishxon, Suyurg’atmish o’g’lon (to’liq ismi Suyurg’atmishxon ibn Donishmandcha ibn hindu ibn Burhon ibn Molik ibn O’qtoyxon) (? — 1388) — Balx yaqinidagi O’rpuz mavzeida Amir Temur tomonidan nomigagina Movarounnahr taxtiga o’tqazilgan chingiziy xon (1370— 88). Xonlik darajasiga ko’tarilgunga qadar S. Soxibqironning ulug’beklari- dan biri bo’lib, qator harbiy yurishlar- da ishtirok etgan. Saltanat Amir Temur tasarrufiga kirgandan so’ng arkoni dav- lat, beklar, amirlar va no’yonlar bilan ittifoklikda xonlikning S.ga tayin qilinganligi qayta e’tirof etilgan. Chingizxon o’z saltanatini o’g’illariga taqsimlab bergan vaqtda (1224) Xorazm- dagi Xivaq va Kot sh.lari Chig’atoyxon avlodiga berilgan edi. Sohibqiron dav- lat tepasiga kelgach, Husayn so’fidan bu erlarni S.ga topshirishni talab qilgan. Amir Temurning 1371-72 y. Xorazmga uyushtirgan 1yurishida S. ham bevosi- ta ishtirok etadi. 1388 y. Amir Temur 4marta Xorazmga yurishga ketgan paytda S. Buxoroda betob bo’lib qoladi va bir necha kundan keyin vafot etadi. Xorazm- dan qaytgan Sohibqiron no’yonlar, beklar va davlat arkonlari bilan o’tkazilgan qurultoyda xonlik kursisiga S.ning o’g’li Sulton Mahmudni ko’taradi. Ad.: Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1966; M irzo Ulug’bek, to’rt ulus tari- XI, T., 1993.