So’gal

So’gal — terining virusli kasal- ligi. Ko’pincha yosh bolalar va o’smirlarda uchraydi. Kasallik bemor bilan yaqin muloqotda bo’lganda, uyro’zg’or buyum- lari orqali yuqadi. Teridagi mayda jarohatlar (shilinish, chaqalanish), ko’p terlash va b. ham S.ga sabab bo’lishi mum- kin. Oddiy, yassi va oyoq kaftlarida uch- raydigan S.lar bor. Odsiy S. ko’pi bilan Nixat kattaligida, og’riqsiz, g’adirbudur tuguncha bo’lib, ko’pincha qo’l panjasida uchraydi. Ba’zan tugunchalar ko’payib, kattalashib ketadi. Oyoq kaftidagi S. oyoqning poyabzal qisadigan joylari- da, ayniqsa, ko’p terlaydigan oyokda juda qattiq, g’adirbudur, kulrang tuguncha- lar shaklida paydo bo’ladi. Bolalar va o’smirlarda uchraydigan yassi S. ko’pincha yuz, bo’yin va qo’l panjasining ustki qismida och pushti sarg’imtir, dumaloq yoki yapaloq tugunchalar ko’rinishida Vu- judga keladi. Keksalarda uchraydigan S. tana, bo’yin va yuzda kulrang, jigarrang yoki qoramtir, usti yog’bilan qoplangan dog’lar ko’rinishida bo’lib, oddiy S.ga o’xshaydi. Oyog’i terlaydigan kishilar- da S. usti oqarib qoladi, shilinib og’rib, yurish qiyinlashadi. Umuman S. og’rimaydi, qichishib achishmaydi va be- morni bezovta qilmaydi. S.ni faqat vrach davolashi kerak. O’zboshimchalik qilib har xil kuydi- ruvchi dorilar ishlatilsa, S. yaraga ay- lanib ketishi mumkin. S.ning oldini olish uchun ozodalikka rioya qilish, ya’ni oyoqqo’llarni har kuni yuvib turish lo- zim.