So’rovnoma, anketa

So’rovnoma, anketa — 1) ishga qabul qilishda to’ldiriladigan rasmiy hujjat. O’zbekistondagi ayrim tash- kilotlarda kadrlarni hisobga olish shaxsiy varaqasi bilan bir qatorda S. shaklidan ham foydalaniladi. Undagi savollar, ba’zi qo’shimchalarni hisobga olmaganda, shaxsiy xodimning shax- siy hujjatlaridagi yozuvlarga aynan muvofiq kelishi kerak. S.da ishga kiruv- chi (to’ldiruvchi)ning imzosidan tashqari kadrlar bilan shug’ullanuvchi (hujjatni tekshirib oluvchi)ning ham imzosi bo’ladi; 2) to’ldirayotgan odam haqida bi- ronbir ma’lumot olish yoki muayyan da- Stur bo’yicha tuzilgan savollarga javob olish uchun beriladigan so’rov varaqasi. S. tuzish, uni tarqatish, o’rganish (an- ketalashtirish) ijtimoiy fanlarda, aholi ro’yxatini o’tkazishda, jamoatchi- lik fikrini o’rganishda qo’llaniladi (q. So’rov).