Suyuqlanish
Suyuqlanish — moddaning qattiq kristall holatdan suyuq holatga utishi; issiklik yutilishi bilan kecha- digan jarayon. Suyukdanayotgan moddaning tarkibi o’zgarmasa kongurent S, o’zgarsa inkongurent S. deyiladi. S. jarayonida moddaning tartibli kristall tuzilishi buziladi, kristallar yuzasida va Kristal- litlarning o’zaro chegaralari yaqinida suyuq mikrotomchilar paydo bo’ladi. Qizdirilgan sayin bu mikrotomchilar yiriklashadi va birbiriga quyilib, suyuq faza bo’lib shakllanadi, Kristal- lar esa fragmentlar shakliga o’tib to to’liq yo’qolgunga qadar o’lchamlari ki- chiklashadi. Mayda kristall polidi- Spers moddalarning suyuq holatga o’tishi o’zgarmas trada emas, balki ma’lum tra- lar oralig’ida amalga oshadi; eng mayda kristallarning S. t-rasidan boshlanadi va eng yirik kristallarning S t-rasida tugaydi. Kdttiq eritmalar xam o’nlab tra oralig’ida suyuladi. Bu tra oralig’i holat diagrammasiga mos ravishda eritmalar tarkibiga bog’liq. Anorganik holat moddalar 275° dan (geliy 4Ne) 3380° gacha (volfram W) tra oralig’ida suyuqlanadi. S. t-rasi eng yuqori bo’lgan birikmalarga gafniy ni- trid HfN (3300°), tsirkoniy karbid ZrC (3887°), tantal karbid Tas (3985°) va gafniy karbid HfC (3890°) kiradi. Orga- nik moddalar 350-850° da suyuklanadi. S. tabiatda (er yuzasida muz va krrning erishi, minerallarning magmalar hosil qilib Si va b.), fan va texnika, quyish, kavsharlash, sof moddalar olishda muhim ahamiyatga ega.