Suprematizm

Suprematizm (lot. sypremus — eng yuqori, oliy) — 20-a. boshlarida shakllangan avangard san’at yo’nalishi. Abstrakt san’at turi sifatida asarla- ri tasviriylikdan holi, turli rang va turli hajmdagi sodda handasiy shakllar (to’rtburchak, uchburchak, yo’lsimon chiziq va b.)ning asimmetrik uyg’unlashuvidan hosil bo’ladi. Asoschisi K.S.Malevich; V. Kandinskiy, P. Sezann ta’sirida Xan- dasiy abstrakt izlanishlarni birlash- tirishga harakat qildi («qora kvadrat», «Dinamik suprematizm», 1914 va b.). S. vakillari asimmetrik kompozisiyalarda rangli, handasiy shakllarning tartibi va joylashuvi orqali asarlarning ichki harakatini ko’rsatishga intildi.