Sabzavot ekinlari
Sabzavot ekinlari asosan, sabzavot olish uchun etishtiriladigan madaniy o’simliklar guruhi. 120 dan ortiq ekiladigan turi ma’lum. 10 oilaga mansub 90 turi ko’p tarkalgan. S.e. karam- doshlar (karam, sholg’om, rediska, turp va b.), Soyabonguldoshlar (sabzi, selderey, petrushka, ukrop va b.), sho’radoshlar (Lav- lagi va b.), qovokdoshlar (bodring, tar- vuz, qovun, qovoq), tomatdoshlar (pomi- dor, baqlajon, qalampir), burchoqdoshlar (mosh, no’xat, loviya), murakkabguldosh- lar (salat va b.), piyozdoshlar (piyoz, sarimsoq), torondoshlar (rovoch, otquloq) boshoqdoshlar (shirin donli makkajuxo- ri) botanik oilalariga bo’linadi. Pi- yozdoshlar va boshoqdoshlar bir pallali, qolganlari ikki pallali usimliklarga mansub. S.e. o’sishi va rivojlanishi da- vomiyligi tipiga ko’ra, bir yillik (bo- dring, pomidor, qalampir, baqlajon), ikki yillik (sabzi, karam, piyoz, sarim- sok, va b.) va ko’p yillik (shovul, otquloq va b.) ekinlarga bo’linadi. Mahsuldor organlari (eyiladigan qismi)ga ko’ra 5 guruhga: i l dizmevalilar (sabzi, Lav- lagi, sholg’om, turp, rediska), piyozlilar (piyoz, sarimsok,), mevali sabzavotlar (pomidor, baklajon, kalampir, bodring, tarvuz, qovun va b.), bargli sabzavotlar (karam, ukrop, ismaloq, selderey, pe- trushka), dukkakli sabzavotlar (ko’k nu- xat, loviya, jandiq)ga bulinadi. Ikki yillik S.e. da 1-yili ovkatga ishla- tiladigan hosil organlari etishadi. 2-yili ular urug (piyoz, sarimsok, karam va b.) beradi. Ko’pchilik S.e. issiqsevar, tuproq unumdorligi va namga talabchan (yana q. Sabzavotchilik). S.e. jahondagi barcha dexdonchilik mintaqalarida etish- tiriladi.