SAK QABILALARI MADANIYATI

SAK QABILALARI MADANIYATI — Osiyoning (jumladan, O’rta Osiyo — ning) dasht, cho’l va tog’oldi hududlarida yashagan ko’chmanchi aholi madaniyati. Sak tilida yozilgan eng qad. manba — olma- ota atrofidagi issiq mozorqo’rg’onidan topilgan kumush idishdagi yozuv bo’lib, u mil. AV. 5-a. b-n sanalanadi. Sak til- larida bitilgan hujjatlarning asosiy qismi Sharqiy Turkistonning Xo’tan vohasidan topilgan. Ular 7-10-a.larga oid. Bu yozuvlarni o’rganishda g. V. Beyli, M. J. Drezden, L. G. Gersenberg, I. M. Oranskiylar katta hissa qo’shganlar. Sa- klar yodgorliklaridan jez va temirdan ishlangan harbiy qurollar, zebziynat buyumlari, mehnat qurollari va spool idishlar uchraydi. Saklarning o’qlari bargsimon, 2 yoki 3 qirrali bo’lgan, Xan- jar va qilich dastasining boshi yoysimon qayirib qo’yilgan. Gerodot saklarning yarog’aslaha va ot anjomlari haqida aniq ma’lumotlar keltiradi. Saklarning ot anjomlari, o’klari va xanjarlari skif yarog’aslahalariga o’xshaydi. Jez- dan ishlangan san’at buyumlarida ham yaqin xususiyatlar va katta o’xshashliklar bor. Mustahkam madaniy aloqalar ko’chmanchilarni birbirlari b-n bog’lab turgan. Shuning uchun ham madaniy an’- analari va urfodatlari ularning yashash sharoitidan kelib chiqib, birbiridan uncha farq qilmagan (yana q. Skiflar ma- daniyati). Bahodir Eshov.