SALTOVOMAYASK MADANIYATI
SALTOVOMAYASK MADANIYATI — Don daryosi va Azov dengizi bo’yidagi cho’l, o’rmoncho’llarida yashagan ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi xalqlardan qolgan ar- xeologik yodgorliklar. S.M. m. Mayask sh. xarobasi va Saltovo qabristoni nomidan olingan. Xazar xoqonligi (7-8-a.lar) tarkibiga kiruvchi ko’chmanchi qabilalar (bulg’or va alanlar) o’troqlashib, ular orasida mulkchilik munosabatlari shak- llanayotgan davrda paydo bo’lib, bija- naklar (pecheneglar) zarbasi (9-10-a. lar oralig’ida) natijasida inqirozga yuz tutgan davrga to’g’ri keladi. 19-a.da S.M. m.ning 10 ga yaqin yodgorligi topilgan. 1900 y.da o’qituvchi V.A.Babenko Sal- tovo qabristoni (Xarkov viloyatidagi Verxnoe Saltovo qishlog’i)dan bir necha katakombani qazib o’rgangan. 1906 y.da Mayask sh. xarobasi (Tixaya sosna Daryo- sining don daryosiga quyiladigan joyi- da, Voronej viloyati) o’rganilgan. Omoch, o’roq, chalg’i, ko’za, tog’ora, qozon, tuvak va b. topilgan. Sopol idishlar qo’lda va kulolchilik charxida yasalgan. Hozirgacha S.M. m.ga oid 200 dan ortiq manzilgoh, qishloq, qo’rg’on, shahar va qabristonlar ma’lum. S.M. m.da marhumlar uch xilda; g’ujanak holda, chalqancha yotqizib va kuy- dirib ko’milgan. S.M. m.ning eng katta qabristoni Saltovo hisoblanib, 300 dan ortiq katakombali qabr ochilgan. DAX- malar, asosan, tepaliklarda qazilgan g’orlardan iborat bo’lib, marhumlar ko’pincha erkak va ayol yoki bolalar b-n birga ko’milgan qabrlar ham uchraydi. Jangchilarning qabrlariga qilich, pay- kon va boltalar qo’yilgan. S.M. m.ga xos madaniyat qoldiqlari alanlar va bulg’orlar yashagan r-nlar: Sharqiy Qrim, O’rta Volga va quyi Dunaydan topilgan.