Samarqand makoni

Samarqand makoni — so’nggi paleolit davriga oid yodgorlik (mil. AV. 40-12 ming yillik). Samarqand sh.da, uncha katta bo’lmagan Chashmasiyob soyi- ning o’ng qirg’og’ida joylashgan. 1939 y.da N. G. Xarlamov tomonidan ochilgan. Shun- dan so’ng turli yillar (1958 y.dan 1967 y.gacha)da D. N. Lev, M. J. Jo’raqulov, B. X. Botirov, Yu. P. Xolyushkin va V. A. Xolyushkina kabi tadqiqotchilar to- monidan o’rganilgan. So’nggi paleolitga oid 3 ta — yuqori, o’rta va quyi madaniy qatlamlar aniqlangan. Tadqikotlar na- tijasida 6 mingdan ziyod hayvon suyakla- ri, juda ko’plab tosh qurollar topilgan. Bu topilmalar aholining, asosan, ov- chilik b-n shug’ullanganligidan dalolat beradi. Nayza o’q uchlari, asosan, tosh va suyakdan, qisman yog’ochdan ishlangan. Sm. jamoasi xo’jaligida yogoch va suyak- ni qayta ishlash hamda tosh kurollar tayyorlash muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Tosh, suyak va chig’anoqdan takinchoqlar yasashgan. Makonda hunarmandchilik b-n shug’ullanish uchun maxsus maydon bo’lgan. Tosh qurollar yasash uchun xom ashyo Cho’ponotadan keltirilgan. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning asosi bo’lgan mehnat qurollari astasekinlik b-n tako- millashib borgan. Makondagi har uchala qatlamdan topilgan topilmalar shundan dalolat beradi.