Sundukyan Gabriel Mkrtichevich

Sundukyan Gabriel Mkrtichevich [1825.29.6(11.7) Tbilisi 1912.16.(29).3] — arman yozuvchisi, dramaturg. Arman ada- biyotida tanqidiy realizm asoschilari- dan. Arman teatri tashkilotchilaridan biri. Peterburg un-tini tugatgan (1850). Ilk pesasi — «tungi aksirish — yax- shilikka» (1863 y. sahnalashtirilgan). «Shovqin» (1866), «yana bir qurbon» (1870), «buzilgan uya» (1873), «erxotin» (1888) kabi pesalarida arman xalqining qismati va orzuintilishlari tasvirlan- gan. Uning «Pepo» pesasi (1871) arman dramaturgiyasining Nodir asarlaridan biri hisoblanadi. S. umrining so’nggi yillarida «Sevgi va erkinlik» (1910), «Vasiyat» (1912) dramalarini yaratdi. S. pesalari arman dramaturgiyasi tari- xida butun bir davrni tashkil etadi. U komediya janrini tor maishiy doiradan ijtimoiy umumlashmalar darajasiga ko’tardi. «Varenkaning ziyofati» (1877) qissasi ham bor. As: Izbrannoe, M., 1953. Ad.: Abov G., Gabriel Sundukyan, Ere- van, 1956.