Sunbod harakati
Sunbod harakati — shim. Sharqiy va Markaziy Eronda Abbosiy- lar xalifaligiga qarshi xalq (asosan, dehqonlar) g’arakati (755 y.). Harakatni Nishopur atrofidagi Oxan qishlog’idan bo’lgan Sunbod ismli kishi boshqargan. S.h.ning boshlanishiga asosiy sabab — abbosiylarning xalqdan xiroj yig’ish va majburiy ishlatish (qasrlar qurish, kanallar qazish va b.)dan ozod qilish haqidagi va’dasini bajarmagani bo’lgan. Xuroson va Movarounnaxr noibi Abu Muslimning xalifa Mansur buyrug’i bilan o’ldirilishi S.h.ga bahona bo’lgan. Bu harakat sunniy abbosiylarga qarshi qaratilgan bo’lib, unda zardushtiylar, shialar va xurramiylar qatnashgan. Ta- baripniyat yozishicha, harakat 2 oy davom etgan. Xalifa Mansur bu harakatni bo- stirish uchun 10 ming kishilik qo’shin yuborgan. Bu qo’shin Hamadon bilan Ray o’rtasidagi cho’lning chekkasida Sunbod qo’shinini tormor keltirgan. Shu jang- da Sunbod ham halok bo’lgan. S.h. bilan bir vaqtning o’zida Movarounnahrda ham abbosiylarga qarshi harakat boshlangan. Unchalik katta bo’lmagan bu harakatga Abu Muslim tarafdori — Ishok boshchilik qilgan.