Sunbula

Sunbula (Arab.) — 1) zodiakka tegishli 12 ta yulduz turkumlaridan biri; Veronika sochlari, Ho’kizboqar, Ilon, mezon, Gidra, qarg’a va Asad yul- duz turkumlari orasida joylashgan; eng Ravshan yulduzi 1yulduz kattaligidagi Spika yulduzidir. S. yulduz turkumida kuzgi tengkunlik nuqtasi joylashgan. Quyosh S. turkumida sent. oyida bo’ladi. O’zbekistonda bahor va erta yozda (er sha- rining shim. kengliklarida) ko’rinadi; 2) Shamsiya yil hisobida oltinchi oyning nomi. 22 avgustdan 21 sent. gacha bo’lgan davrga to’g’ri keladi.