Suhayliy Ahmad Amir Nizomuddin
Suhayliy Ahmad Amir Nizomuddin (1512 y. v. e.) — xurosonlik shoir. O’zbek va fors tillarida ijod qilgan. Alisher Navoiyning «Majolis unna- fois» asarida tilga olinadi. Husayn Boyqaro xizmatida bo’lgan. Bu davr shoir ijodining eng gullagan va Alisher na- voiy bilan hamsuhbat bo’lgan damlariga to’g’ri keladi. Shoir Husayn Voiz Ko- shifiy «Anvori Suhayliy» («Kalila va Dimna») kitobini S.ga bag’ishlagan. S.ning «Iydiya» qasidasi, «Layli va Majnun» masnaviysi hamda O’zbekcha va forscha 2 devoni bor.