Sfera
Sfera (Yun. sphaira — shar) — barcha nuqtalari fazoning biror o nuqtasidan bir xil R masofada yotadigan berk sirt, O nuqta S. markazi, S. markazini uning biror nuqtasi bilan tutashtiruvchi R kesma S. radiusi deyiladi. S. markazidan o’tuvchi tekislik uni katta aylana bo’ylab kesadi. S.ga o’tkazilgan urinma tekislik urinish nuktasiga o’tkazilgan radiusga tik bo’ladi. Yuzi Sq4kr2 ga teng. Fazoning S. bilan chegaralangan va uning markazi- ni o’z ichiga olgan qismi shar deyiladi. Sharning hajmi V — %kR’ formula bi- lan ifodalanadi.