Sfinks, Sfinga
Sfinks, Sfinga — 1) Yun. mi- fologiyasidagi qanotli yarim ayol, yarim urg’ochi sher; Fiva yaqinidagi qoya ustida yashab, yo’lovchilarga topib bo’lmaydigan topishmoq aytib javob ololmagach, ular- ni egan. S. topishmog’i («kim ertalab 4 oyoklab, tushda 2 oyoklab, kechqurun 3 oyoqlab yuradi?») ni Edip topgan (uning javobi: «Inson bolalikda 4 oyoqlab, ulg’ayganda 2 oyoklab va keksayganda 3 oyoklab yuradi»); shu javobdan so’ng S. qoyadan o’zini tash- lagan; 2) kad. Misrda tanasi sherniki, kallasi odamniki (ba’zan hayvonniki) bo’lgan afsonaviy maxluq haykali.