SUG’DIYONA KISHMISHI
SUG’DIYONA KISHMISHI — o’rtapishar xo’raki uzum navi. Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. in-tining Samarqand filialida Pobeda va Krra kishmish navlarini cha- tishtirib chiqarilgan (K.V.Smirnov, E.P.Perepelisina). Sharqiy ekologik- geografik navlar guruhiga kiradi. Tupi kuchli o’sadi. Bargi o’rtacha, 5 bo’lmali, yuzasi biroz burmali, ostki qismi tuk- siz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi Yi- rik, og’irligi 800-900 g, shingillari o’rtacha havol, g’ujumi yirik — 5 g gacha, mumg’ubor bilan qoplangan. Po’sti yupqa, ta’mi shirin, xushxo’r. To’liq pishganda qand moddasi 25-26% ga etadi. Hosili avg. oxiri — sent. boshlarida to’liq eti- ladi. O’rtacha hosildorligi 180-200 ts/ga, yangiligida iste’mol qilinadi, mayiz solinadi (25-26,2% mayiz tushadi).