Sug’urta kompaniyasi
Sug’urta kompaniyasi — sugur- ta faoliyatini amalga oshirishga ixti- soslashgan yuridik shaxs, sug’urta xizmat- lari bozoritsht professional ishtirok- chisi. O’zR da S.k. belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazir-ligida davlat ro’yxatidan o’tganidan keyin yuridik shaxs makrmini oladi va O’zbekiston Respublikasi Moliya va- zirligidan sug’urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya olganidan so’nggina sug’urta faoliyatini amalga oshiradi. Sug’urta kompaniyalari- ga hayot sug’urtasi va hayot sug’urtasidan tashqari umumiy sug’urta turlarini o’tkazish uchun lisenziya alohidaalohida beriladi. Hayot sug’urtasini amalga oshi- rish huquqini beruvchi lisenziyani ol- gan S.k. ushbu sug’urta turidan tashqari boshqa umumiy sug’urta turlari bilan shug’ullanishi mumkin emas yoki aksincha. S.k. turli mulk shakllarida faoli- yat ko’rsatishlari mumkin. O’zbekiston sug’urta bozorida ochiq aktsiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat yuritayotgan sug’urta kompaniyalari ko’pchilikni tash- kil etadi. Ular tarkibida eng yirik «O’zagrosug’urta» davlataktsiyadorlik S.k. va «kafolot» sug’urta kompaniyasi, «Ma- dad» sug’urta agentligi va «ALSKOM» ochiq aktsiyadorlik S.k., «Osiyo temir yo’l» S.k. va b. bor. O’zbekiston Respublikasi hududida 20 tadan ortiqs.k. faoliyat kursatadi (2004). Yana q. Sug’urta xizmatlari bozo- ri. Xo’jayor Shennaev.