SULTON SANJAR MAQBARASI

SULTON SANJAR MAQBARASI — Marv (Turkmaniston)dagi me’moriy yod- gorlik (12-a. 40y.lari). Me’mori Muxam- mad ibn Otsiz as Saraxsiy. Sulton kal’a markaziga joylashgan. Sulton Sanjar (1157 y.da vafot etgan) maqbarasi biz- gacha xaroba holda etib kelgan. Maqbara murabba tarhli (tashqarisi 27×27 m, ichkarisi 17×17 m). Xona bal. 36 m (ichki gumbazgacha, tashki gumbaz saqlanmagan). Mahobatli to’rtburchak devor (bal. 15 m, kalinligi 5 m) ustiga 8 qirrali poygum- baz (qalinligi 1,5 m) o’rnatilgan. Poy- gumbaz 3 pog’onali. 1pog’onasi 4 tomon- dagi ravoklarga tayangan, 2pog’onasidagi mayda ravoqchalar 6 qirrali, 3pog’onasi ustiga gumbaz o’rnatilgan. Maqbara ichki devorlarida oq, ko’k va qizil rang- li bo’yoqlar saqlangan. Nozik islimiy naqshlar bilan bezatilgan devor tepasi- da yozuvlar, Sharqiy gumbazga ishlangan ganchkor naqshlar zaminida me’mor nomi qayd etilgan. Maqbaraga Saljuqiylar saroyi va masjid tutash bo’lgan. S.Sm. ga turli urushlar ko’p putur etkazilgani- ga qaramay, o’z mahobatini yo’qotmagan. 1980 y.da qayta tiklangan. Ad.: Vseobtshaya istoriya arxitekturi, v 12 tomax, t. 8, M, 1969.