Sulaymon tog’lari

Sulaymon tog’lari — Eron tog’ligining Sharqiy chekkasidagi tog’lar, Pokiston, qisman Afg’oniston hududida. Uzunligi qariyb 600 km, eni 300 km. Eng baland joyi 3441 m. S.t. keng yassitog’liklar bilan ajralgan va subme- ridional joylashgan bir necha parallel tizmalardan iborat. Tizmalar orasida ko’ndalang Daryo va vodiylar bor. Tog’lar Hind daryosi vodiysiga tomon tik tush- gan. Asosan, ohaktosh va qumtoshlardan tuzilgan. Zilzilalar bo’lib turadi. Iqlimi quruq, subtropik ikdim. Land- shafti, asosan, quruq dasht va tog’cho’lidan iborat. Sharqiy yon bag’irlarida siyrak daraxtli o’rmon va butazorlar bor. Vo- diylarda dehqonchilik va bog’dorchilik bilan shug’ullaniladi.