Suy, Suy xonligi
Suy, Suy xonligi — Xitoyda- gi sulola va davlat (581-618). Asos- chisi — sarkarda Yan Szyan (Yang Jyan); u imperator Vendi (581-604 y.larda hukmronlik qilgan) nomi bi- lan mashhur bo’lgan. U 589 y. mamla- katning Jan. va shim.ni birlashtirib, xitoylik bo’lmagan elatlarning shim. dagi hukmronligiga chek qo’ygan. Davlat hududi Sharqda dengiz qirg’oqlarigacha, g’arbda Sharqiy Turkistongacha, Jan.da hoz. XXRning Yunnan o’lkasigacha va shim. da ichki Mo’g’ulistongacha kengaygan. Mamlakatni boshqarishni markazlashti- rishga qaratilgan islohotlar o’tkazgan. Poytaxti — Chang’an (hoz. Sian) bo’lgan. Vendi taxtga chiqqan dastlabki yilla- rida dehqonlarga yon bosgan. Imperator Yan Guan (yandi) davrida (605-617) Xi- toydagi Buyuk kanalning asosiy kismi qurilgan. Yan Guan Koreyaga (611 — 614), Jan.da — Vetnamdagi Vansuan davlati- ga, G’arbda — turkiy qabilalar va tugu- xunlarga qarshi bosqinchilik urushlari olib borgan. Turkiy qabilalarga qarshi kurash jarayonida u turklarni 2 ga bo’lib tashlash va ular orasiga nizo solish, shu asosda yuzaga kelgan ichki ziddiyatlardan foydalanib o’z maqsadiga erishish reja- sini amalga oshirishga harakat qildi. Yan Guan kattiqqo’l, qonxo’r, maishatboz, ortiqcha mablag’talab qiladigan yirik tadbirlar o’tkazishni yaxshi ko’rgan. S. dehqonlar qo’zg’olonlari (611-618) va o’zaro ichki nizolar tufayli barham top- gan. 618 y. hokimiyatni Tayyuan (hoz. Shansi viloyati) noibi Li yuan egal- lab olib, yangi tan sulolasiga asos sol- gan.