SUZMA GAZKONDENSAT KONI
SUZMA GAZKONDENSAT KONI (Sharkiy)— Buxoro viloyati Qorako’l tu- manida joylashgan. 1987 y.da ochilgan. Gazli sh.dan 85 km Jan.g’arbda, Chorjuy tektonik pogonasidagi Qorako’l egilma- sining shim.g’arbiy qismida, Sharqiy suz- ma strukturasi bilan bog’liq. Paleozoy, yura, bo’r, paleogen, neogen va to’rtlamchi davr yotqiziklarida 6 ta quduq qazilgan. Yura yotqiziqlari mahsuldor 3 qatlamga bo’linadi: terrigen (o’rta yura— quyi kellovey), karbonat (o’rta kellovey — Oksford) va tuzli angidrit (kimerij— Titon). Qatlamlar, asosan, qumtosh, alevrolit, argillit va gildan tarkib topgan. Kesimda kollektorlarning umu- miy qalinligi 14-35 m, g’ovakliligi 4-16,5%. Sanoat miqyosidagi gazlar yura davrining karbonat va terrigen yotqizikdarida mavjud. 16gorizontda gaz debiti 15 ming m3/sut. Uyum o’lchami 4,2×1,7 km. 15 a gorizontdagi gaz Debi- ti 340 ming m3/sut. Uyum o’lchami 4,5×1,8 km. Barcha gorizontlardagi gazlar engil (S2N6Q yuqori Q6,46%). Komponentlar (%da): metan 89,81, etan 3,89, propan 1,67, izobutan 0,16, nbutan 0,31. Kam oltingugurtli (0,3%), benzin fraktsi- yasining mikdori 82%. Yura davrining terrigen yotqizikG’shridagi qatlam suv- larining minerallashganligi o’rtacha 206 g/l. Suvlar yuqori metamorflashgan bo’lib dengiz genezisiga ega. Kon sanoat miqyosida foydalanishga tayyorlangan.