SUD ORQALI HIMOYALANISH HUQUQI
SUD ORQALI HIMOYALANISH HUQUQI — fuqarolarning Konstitu- tsiyaviy xuquqi. O’zbekiston Respubli- kasi Konstitusiyasining 44moddasi har bir shaxsga o’z huquq va erkinliklarini S.o.h.h. va davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g’ayriqonuniy xattiharakatlari ustidan sudga shikoyat kilish huquqini kafolat- laydi. So.h.h.ni amalga oshirish tartibi «Fuqarolarning huquqlari va erkinli- klarini buzadigan xattiharakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni va prosessual kodekslarda ba- tafsil bayon qilingan. O’z huquqlari va erkinliklari buzilganligidan xabar topgan shaxs sudga murojaat qilishga hakdi. Murojaatni sud FPK da belgi- langan fuqaroviy sudlov ishlarini yuri- tish qoidalari asosida ko’rib chiqadi. Konstitusiyaviy sudning vakolatlariga kiritilgan, shuningdek, ba’zi bir masa- lalar bo’yicha S.o.h.h. ni amalga oshirish tartibi alohida qonun hujjatlarida belgilangan. Mac, jinoyat prosessi ishtirokchilari va b. manfaatdor shax-slar dastlabki tergovga oid masalalar bo’yicha faqat yuqori turuvchi dastlabki tergov idoralariga hamda prokurorga shikoyat berishi mumkin (JPK, 27modda).