Sud plenumi

Sud plenumi (O’zRda) sudyalar- dan iborat tarkibdagi sud tuzilmasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo’jalik sudida mavjud eng yuqori sud instantsiyalari. Ularning tarkibi- ga tegishincha Qoraqalpog’iston Respu- blikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha oliy sudlarining va xo’jalik sudlarining raislari ham kiradi. SP. majlislarida O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori katnashadi, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudining Raisi, Adliya vaziri va Ilmiymaslahat kengashi a’zolari ishtirok etishi mum- kin. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudida bir yilda 2 marta chaqiriladi va SP. a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo’lganda vako- latli bo’ladi. SP.: ishlarni nazorat tartibida ko’radi, sud amaliyotini muhokama qiladi va qonunlarni qo’llash masalalari bo’yicha tushuntirishlar beradi, shuningdek, te- gishincha Oliy sudga Oliy xo’jalik sudi huzuridagi Ilmiymaslahat kengashlari- ning tarkibini hamda matbuot organi- ning tahrir hay’atini saylaydi; SP. Va Rayosati reglamentlarini tasdiqlaydi; bir qancha boshqa tashkiliy masalalar- ni ko’radi. S.P.ning qonunlarni qo’llash masalalari bo’yicha bergan tushuntirish- lari barcha sudlar, qonunni qo’llayotgan davlat organlari, korxonalar, muassa- Salar, tashkilotlar va mansabdor shax- slar uchun majburiydir (O’zbekiston Respublikasi «Sudlar to’g’risida»gi qonunining 15-22, 45—49moddalari). O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Plenumi Odil sud- lov faoliyatiga oid muhim masalalarni qo’shma majlislarida ko’radi. Mac, 1996 y. 20 dek.da «sud hokimiyati to’g’risida» qo’shma qaror chiqarilgan. G’afur Abdumajidov.