Suv echkilari
Suv echkilari (Kobus) — quvushshoxlilar oilasiga mansub sut emizuvchilar urug’i. 5 ta turi bor. Af- Rikada tarqalgan. Gavdasining uz. 125-220 sm. Erkaklari shoxlarining uz. 30-100 sm, to’g’ri yoki lirasimon egilgan, halqasimon yo’g’onlashgan. O’rta tuyog’i nisbatan uzun, uchi ingich- kalashgan. Bo’ynida yoli bor. Yaxshi suza- Di; xavf tug’ilganida suvga tushib, jon saqlaydi. Tipik vakili asl S.e. Jan. va Sharqiy Afrikada uchraydi. Gavda- sining uz. 2,2 m, bo’yi 130 sm cha. Yungi kulrang, qizg’ishqo’ng’ir tusda tovlanadi. Tomog’i, ko’zi va dumi atrofida oqish xollari va yo’li bor. Erkagi shoxli (uz. 80 sm cha). Teri bezlaridan badbo’y hid ajratadi. Suv havzalariga yaqin savanna va o’rmonlarda, ba’zan Daryo qirg’og’idagi butazorlarda to’da bo’lib o’troq yashaydi. Bo’g’ozlik davri 7-8 oy. Yilda bitta bola tug’adi. Terisi uchun ovlanadi. Ay- Rim turlari muhofaza qilinadi.