SUV QANDALALARI
SUV QANDALALARI (Cryptocerata) yarim qattiq qanotlilar turkumi. Keng tarqalgan. 6 oilasi bor. Gavdasi 2-120 mm. Tanasi suv- da suzishga yaxshi moslashgan. S.q.ning mo’ylovi boshi yonidagi chuqurchalarga yashiringan. Oyoqlari kuraksimon; ol- dingi oyoqlari yordamida o’ljasini tuta- Di. S.q. — yirtqich, suvdagi hasharotlar lichinkasi, qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Ba’zan yosh baliqchalarni eb, baliqchilikka zarar keltiradi. O’rta Osiyo suv havzalarida suv chayonlari (5 tur), suv eshakchalari (20 tur), silliq qandalalar (10 ga yaqin tur) va suv gaz- chilar (7 tur) oilalariga mansub S.q. tarqalgan.