Sudano’t, Sudan qo’nog’i

Sudano’t, Sudan qo’nog’i (Sorghum sudanense) — boshoqdoshlarga mansub bir yillik o’t, em-xashak ekini. S.ning vatani — Sudan. Afrikada yovvoyi holda o’sadi. G’arbiy Evropa, Afrika, Hindiston, Amerika, Avstraliya, O’rta Osiyoda ko’k massa, pichan, senaj, silos uchun ekiladi. Ildizi yaxshi taraqqiy etgan, tuproqqa 1-2 m gacha kirib boradi. Poyasi 0,5 -3 m (Sudanda 7 m gacha), och yashil tusli. Tu- planib, bir tupda 80-120 poya chiqaradi. Barglari oddiy, tasmasimon, uz. 45-70 sm. To’pguli ro’vak, piramidasimonoval shaklda, uz. 40 sm gacha boradi. Mevasi — po’stga o’ralgan don. 1000 ta donining vazni 5-15 g. Qurg’oqchilikka chidamli, nam joylarda qumoq va qumloq tupro- Klarda yaxshi o’sadi. Urug’lari ekilgandan keyin 8— 10° da 4-7 kunda unib chiqadi. Unib chiqqan maysalari — 3-4° da sovuqda nobud bo’ladi. Tuplanish faza- sidan boshlab avj olib usadi va kuniga 5— 10 sm dan bo’y berib boradi. Vegeta- tsiya davri 110-130 kun. S. yiliga 3— 4 marta o’riladi. Sug’oriladigan sharoit- larda gektaridan 700-900 ts ko’k massa, 100-150 ts pichan, 25 ts gacha don beradi. 100 kg pichanida 57 ozuka birligi va 9 kg hazm bo’lad iga n protein bor. Tarki- bidagi protein miqdori jihatidan S. faqat dukkakli o’simliklardan keyin turadi. O’zbekistonda Qoraqalpog’iston dehqonchilik i. t. in-tida S.ning Chimboy 8 (1993) va Chimboy yubileyi (1985) na- vlari chiqarilgan va r-nlashtirilgan. S. zararkunandalarga chidamli, lekin don kuyasi va barg zang kasalliklari bilan zararlanadi.