Seysmik xaritalar

Seysmik xaritalar — zil- zilalarni o’rganishdan olingan ma’lu- motlarning ma’lum masshtabli topo- grafik xaritalarda shartli belgilar b-n ko’rsatilgan tasviri. Ular, asosan, muayyan maqsadlarni nazarda tutib tu- ziladi. Hududlarning seysmik faollik darajasi zilzila episentrlari xari- tasida ko’rsatiladi. Unda episentrlar- dan tashqari zilzila o’choklarining chuqurligi, magnitudasi, kuchi va seysmo- stantsiyalarning joyi ham tasvirlanadi. Shuningdek, er ustida kuchli seysmik to’lqinlarning tarqalishini belgilov- chi izoseyst, seysmik tebranishlar, zil- zila, o’chog’idagi jarayonni ko’rsatuvchi manba mexanizmi, seysmotektonika, seysmogen zonalar va umumiy seysmik hududlashtirish va b. xaritalar mav- jud. Umumiy S.x. zilzilalar ehtimoli bor bo’lgan mamlakatlar miqyosida kuch- li seysmik tebranish xavfini ballar- da baholab, kurilishlar uchun me’yoriy qoidalarini ishlab chiqishda keng foy- dalaniladi. Xaritalarning masshtabi 1:2 500 000 bo’lib, taxm. har 10 y.da 1 marta tuziladi. 1978 y.da O’zbekiston FA Seysmologiya in-ti tomonidan, Geologiya va geofizika in-ti va O’zbekiston mil- liy un-ti b-n hamkorlikda O’zbekistonni seysmik hududlashtirish xaritasi nashr etildi. Maxsus inshootlarni qurish uchun yirik masshtabli (1 000 000 — 200 000 gacha) xaritalar tuziladi. Batafsil seysmik hududlashtirish xaritalaridan murakkab va ekologik jihatdan xavfli bo’lgan texnologik ob’ektlarni (AES, issiklik elektr st-yasi, suv omborlari, kimyo, neftni qayta ishlash korxonalari va b.) loyihalashda foydalaniladi. Bu xaritalarda bo’ladigan kuchli zilzila- larning joyi, magnitudasi va er ustida to’lqin tarqalishining so’nib borishi ballarda ko’rsatiladi (561 betdagi sxe- matik xaritaga q.). Seymik mikrorayon- lashtirish (SMR) xaritalarda zilzila o’chog’idan tarqalgan seysmik to’lqinlarga relef, geologik muxit, grunt suvlari va b. omillarning ta’siri ballarda belgi- lanadi. SMR xaritalari 5 000 — 100 000 li masshtablarda bo’lib, asosan, shahar, qishloq, shuningdek, ba’zi bir konkret ob’ektlarni loyihalashda ishlatiladi. Rashod Ibrohimov.