Satyagraxa

Satyagraxa (sanskritcha — haqiqat qatiylikda) — hind xalqining ingliz mustamlakasi davridagi kurash shakllaridan biri. M. Gandi tomo- nidan 20-a. boshida ishlab chiqilgan. Bunda kurashning turli xil usullari, mutlaqo tinchlik vositalari — Mitin- glar o’tkazish, hukumatga arznomalar b-n murojaat qilish, ish tashlashlar uyushtirish, hukumat farmoyishlarini bajarmaslik, solikdarni to’lamaslik, hokimiyat b-n hamkorlik qilmaslik, unga itoat etmaslik va umuman kuch ishlatmas- dan kurashishni bildiradi. S. dastlab M. Gandi tomonidan 20-a. boshida Jan. Afrikadagi hindlarni tahqirlash si- yosatiga qarshi o’tkazildi. Gandi 1915 y.da Ahmadobod sh.da S g’oyalarini targ’ib etuvchi markaz «satyagraxa Ashram»ni tuzdi. 1918-22 ylarda mamlakatda ko’tarilgan xalq ozodlik harakati dav- ridan boshlab S. o’tkazish keng Tue oldi. S. tufayli Gandi Hindistonning siyosiy hayotida katta Shuhrat qozondi. Mamla- katda xalq milliy ozodlik harakatining g’alaba qilishida Gandining S usuli muhim rol o’ynadi.