Spektroskopiya

Spektroskopiya (spektr va … skopiya) — fizikaning elektromag- nit nurlanish spektrlarini o’rganuvchi bo’limi. S. usullari bilan atom, mole- kulalarning energiya sathlari, ulardan hosil bo’lgan makroskopik tizimlar va energiya satqlari orasidagi kvant o’tishlar o’rganiladi. Bular moddaning tuzilishi va xossalari to’g’risida muhim ma’lumotlar beradi. S.ning paydo bo’lishi (I. Nyuton birinchi bor Quyosh nurlarini spektrga ajratgan vaqti) 1666 y.larga to’g’ri kela- Di. Asosan, 19-a.ning boshidan spectral sistematik ravishda o’rganilgan. S. ma’- lum belgilarga ko’ra, mas, elektromag- nit to’lqinlarning to’lqin uzunligiga ko’ra radiospektroskopiya (radioto’lqin sohasi), optik spektroskopiya, roentgen spektroskopiyasi va h.k., tekshirilayotgan tizimlarning xiliga qarab atom spek- troskopiyasi, molekulyar spektroskopiya va b. bo’limlarga bo’lib qaraladi. Atom S.si spektrlarni tahlil qilish yo’li bilan atom elektronlari qobiqlarining tuzilishini aniqlash; spektral chiziqlarning o’ta nozik struk- turasini o’rganish orqali atom yadrola- rining momentlari haqida ma’lumotga ega bo’lish; spektral chiziqlarning rav- shanligi, yutilishi, kengayishi va Su- rilishi orqali atomlar hosil qilgan muhitning xossalarini o’rganish bilan shug’ullanadi. Kristallar S.si da kri- stallardagi energetik holatlar va ular orasidagi o’tishlarni o’rganuvchi muhim usullar karaladi. S. elektronli va fo- nonli (panjaraning kvantlangan tebra- nishlari) bo’ladi. Mole kul yar S. — har xil jism molekulalaridan tuzilgan mu- rakkab gaz, suyuqlik va qattiq holatdagi moddalarning spektrlarini tekshiradi. Rentgen nurlari S.si moddaning elek- tron tuzilishini yutilayotgan, chikayotgan rentgen nurlari spektrlari hamda foto- elektron nurlanish spektrlari orqali o’rganadi. Yadro S.si S.ning alohida tadqiqot sohasi hisoblanadi. U atom yadrosining tuzilishi, yadro kuchlari va yadroning tur- li xossalarini o’rganadi. Yadro S.sini alfa, beta va gamma S.si deyish ham mumkin.