Spermatogenez

Spermatogenez (sperma va … genez) — hayvonlarda va ko’pchilik o’simliklarda dastlabki diploid jin- siy hujayralarni ixtisoslashgan erka- klik hujayralari — spermatozoidlar yoki spermiylarga aylanishi. Rivojla- nayotgan jinsiy qujayralar o’zaro sin- tsitial bog’langan. S. ko’payish, o’sish, etilish va spermatozoidlar shaklla- nishi davrlaridan iborat. Ko’payish davrida diploid hujayralar — sper- matogoniyalar bir necha marta mitoz bo’linadi va oxirgi interfazada DNK replikasiyalanadi. 2davrda ular o’sib, 1tartib spermatositlarga aylanadi. 3davrda 2 marta bo’linib etilish, ya’ni meyoz sodir bo’ladi. 1bo’linishda har bir spermatositdan 2 tadan 2tartib spermatositlar; 2bo’linishda 4 ta bir xil kattalikdagi spermatidlar hosil bo’ladi; xromosomalar soni 2 baravar kamayadi. Spermatidlar S.ning 4davri- ga o’tib, spermatozoidlarga aylanadi. Bu davrda ularning akrosomasi, xivchini va qo’shimcha yadrosi hosil bo’ladi; TSI- toplazmaning ko’p qismi ribosomalar, Golji kompleksi va endoplazmatik to’r bilan birga chiqib ketadi. Sper- matidlar ichidagi bunday o’zgarishlar telokinetik harakatlanish deyiladi. S. 3 kundan (bo’shliqichlilarda) 20 kun- gacha (odamda) davom etadi. S. ko’pchilik hayvonlarda urug’yo’lida, germafrodit hayvonlarda esa germafrodit gonadada, g’ovaktanlilarda mezogleyda ro’y beradi. O’simliklarda spermatozoidlar anteri- diyalarda hosil bo’ladi.