SPONGOLITLAR

SPONGOLITLAR (Yun. Spongos bulut va lithos — tosh) — kremniyli cho’kindi tog’jinsi. Bir, ikki, uch va ko’p o’qli ninasimon shakldagi krem- niyli bulutlarning spikula (spongiy) lari to’planishidan hosil bo’ladi. S. tarkibida ularning mikdori 50% dan ortiq bo’lib, mustahkam skeletli to’rni hosil qilgan. Och kulrangli, yashilsi- mon kulrangli, qora bo’ladi. Qad.da hosil bo’lganlari zich, keyingilari esa g’ovakli va engil. Mineral tarkibi, asosan, amorf opaldan, qisman xaltse- dondan iborat. Tarkibida radiolyariy va foraminifera chig’anoqlari, kvars va glaukonit donalari, temir gidro- oksidlari va b. uchraydi. Bu jinslar hoz. zamon dengizlarining 250-300 m chuqurliklarida g’osil bo’ladi. Tarkibi 10— 15% budut spikulalaridan ibo- rat mikrog’ovakli opal va opalxaltse- donli gezlar deyiladi. S. Moskva yoni, Ural oldida bo’r, Sharqiy Uralning yon bag’irlarida quyi karbon va Kavkazda Pa- leozoy yotqizikdarida ma’lum. Sanoatda adsorbent sifatida o’simlik va hayvon yog’larini, neft mahsulotlarini turli qo’shimchalardan tozalash uchun foydala- niladi.