Seboreya

Seboreya (lot. sebum — yog’va Yun. rhoia — kechmoq) — teri kasalligi. Yog’ bezlari funktsiyasining buzilishi b-n ke- chadi. Asosan, gipofiz bezining faoliya- tiga, yog’almashinuvi va teri yog’bezlari ishining buzilishiga bog’liq. S.da yog’bez- laridan ajralib chiqadigan yog’ko’payib yoki kamayib ketib, sifati ham o’zgaradi. Ko’pincha balog’atga etayotgan o’smirlarda uchraydi. Kishi qariganida S. alomatla- ri kamayadi yoki yo’qolib ketadi. S, asosan, yuz, bosh, ko’krakning yuqori qismi va elkada, ya’ni yog’bezlari ko’p joy — lashgan erlarda uchraydi. S b-n og’rigan kishilar terisi ustida ishqoriy muhit bo’lib, u yiringli kasalliklar paydo bo’lishiga olib keladi. Bunday bemorlar yuziga husunbuzar toshadi, soch to’kilib, siyraklashadi. Moyli va quruq S. bor. Moyli S.da teri yaltirab turadi. Teri yog’bezlarining teshiklari kengayib ketganligidan, bu- Run kataklari atrofidagi teri apelsin po’stiga o’xshab qoladi. Ana shu kengaygan kovaklarga muguz qavat hujayralari, yog’, chang va kir yig’ilishidan teri kulrang tusga kiradi. Boshdagi sochlar yog’liq, yaltiroq, ba’- zi erlarda birbiriga yopishgan, tagi qasmokli bo’ladi. Teri qattiq qichishadi, shu bois bemor qichiyverib, boshini tir- nab yuboradi, hatto sizlogich, shirincha kabi yiringli kasalliklar kuzatiladi. Quruq S.da, aksincha, yog’kam chiqadi, teri yupqa va quruq bo’ladi. Boshga qazg’oq yig’iladi. Ba’zan qazg’oq birbiriga yopi- shib, kulrang taangachalar hosil qiladi. Qazg’oq va tangachalar ostidagi terining rangi o’zgarmaydi. Sochlar quruq, nozik, mo’rt, xira va uchidan ikkiga ayrilgan bo’ladi. Bemor badaniga pushtiqizil, usti qipikli, kattaligi va shakli har xil dog’lar tushadi. Ba’zi bir bemorda S.ning har ikka- la xili, ya’ni badanning yog’bezlari ko’p joylashgan qismida yog’li S., terining boshqa erlarida quruq S. uchrashi mum- kin. S.da achchiq, yog’liq ovqatlardan parhez qilish, spirtli ichimliklar ichmaslik kerak. Sport b-n shug’ullanish, ko’proq vitaminlarga boy ovqatlar iste’mol qilish, dam olish, sayr qilib, organizm- ni chiniqtirish zarur. Terining holatiga qarab parvarish qilish (q. Teri), zarur bo’lsa, vrachga ko’rsatib davolatish kerak.