Seysmik to’lqinlar

Seysmik to’lqinlar — zil- zila o’chog’i, portlash, kuchli zarba va b. tebranish hamda silkinish manbalari- dan tarqaladigan tebranishlar. Kuchli zilzila o’chog’iga yaqin joylarda S.t. se- kundning 1/10 ulushiga teng vaqtda vay- Ron qiluvchi kuchga ega bo’ladi. Episen- TRdan ancha uzoq masofadagi st. elastic to’lqinlar hisoblanadi. Deformasiya turiga ko’ra, bo’ylama, ko’ndalang va sirt- ki to’lqinlar; tarqalishiga ko’ra, to’g’ri, aks etadigan, singan, refraktsion, dif- raktsion va almashinuvchi to’lqinlar; tarqalish vaqtiga ko’ra, muntazam va no- muntazam to’lqinlar; seysmik razvedka- da foydalanilishiga ko’ra, foydali va xalaqit beruvchi to’lqinlarga bo’linadi. Eng ko’p tarqalgani bo’ylama to’lqinlar va ko’ndalang to’lqinlardir. Bo’ylama S.t. harakati natijasida muhitning hajmi o’zgaradi — siqiladi hamda cho’ziladi. Muhit zarrachasining tebrani- shi to’lqin tarqalish yo’nalishi bo’ylab sodir bo’ladi. Ko’ndalang S.t. muhitda hajmiy o’zgarishlar hosil qilmaydi, muhit zarrachasining tebranishi to’lqin tarqalishi yo’nalishiga perpendikulyar bo’ladi. Bo’ylama to’lqinlar er qobig’i, mantiyasi va yadrosini, ko’ndalang to’lqinlar esa faqat er qobig’i va man- tiyasini kesib o’tadi. Erning yadrosi suyuq holatda bo’lganligi uchun undan ko’ndalang to’lqinlar o’ta olmaydi. To’lqinlar har xil tezlik b-n tarqaladi. Eng tez tarqaluvchi to’lqin bo’ylama to’lqin. S.t.ning umumiy quvvati magni- tuda (M) b-n belgilanadi (q. Zilzila). Er yuzasida S.t.ning tarqalishini kuzatish erning tuzilishini o’rganishga imkon be- radi. Neft va gaz konlari geologiyasini o’rganish, turli strukturalarni topish va ularni chuqur parmalashda, muhandislik geologiyasining muhim masalalarini hal etishda S.t. xisobga olinadi. Qahhorbek Abdullabekov.