Sepsis

Sepsis (Yun. sepsis — chirish, irish) (qonga mikroblar kirishi, umu- miy yiringli infektsiya, qonga yiring tushishi) — yiringlatuvchi mikroblar- ning mahalliy infektsiya o’chog’idan qon oqimiga, limfa yo’llariga, ulardan esa bemorning hamma to’qima va a’zolariga tarqalishidan kelib chiqadigan umumiy infektsion kasallik. Infektsiya tush- gan jarohat va turli sohada joylashgan yiringli kasalliklar (chipqon, xo’ppoz, flegmona va b.) S. manbai bo’lishi mumkin. Kindikning yiringlashi chaqaloklar siga sabab bo’ladi. Bachadon bo’shlig’ining yiringlashi natijasi- da tug’ruqdan keyingi S. paydo bo’ladi. Odatda, stafilokokk, streptokokk, kam- rok, pnevmokokk, gonokokk, ichak tayokchasi va b. mikroblar S.ni qo’zg’atadi. S rivojlanishiga, birinchidan, Yi- ringli jarayonni keltirib chikargan mikroblar virulentligi (kasallik qo’zg’atishi)ning yuqoriligi, ikkinchidan, bemorning ozib ketishi, vitamin etish- masligi va b. kasalliklar oqibatida or- ganizm himoya kuchining pasayib ketishi sabab bo’ladi. S.ning eng og’ir turida mikro- blar qonda ko’payib, uni o’z zaharli mahsulotlari (toksinlar) b-n zarar- laydi, qizil qon hujayralari (eritro- tsitlar) ni emiradi. S.ning bu turida gavda t-rasi 39-40° gacha ko’tariladi, bemorning eti uvushadi, bu g’arqg’arq terlash b-n almashinib turadi. Ba’zan teri sarg’imtir tusga kirib, unga tosh- malar toshadi. S.ning birmuncha engil hollarida mikroblar qonda ko’paymay, qon oqimi b-n turli a’zo va to’qimalarga tarqaladi, natijada ularda ko’p sonli yiringli o’choqlgr hosil bo’ladi. Bun- Day hollarda S. uzoqroq kechib, yiring boylagan joy qosil bo’layotgan paytda og’irlashib, madda yorilgandan so’ng yoki operasiyadan keyin bir qadar engilla- shib turadi. S.ga faqat kasalxonada davo qilinadi. S. profilaktikasi har qanday yiringli jarayonda — jarohat yiringla- ganda, hasmol, flegmona paydo bo’lganda o’z vaqtida vrachga murojaat etishdan ibo- rat. Turmushda shikastlanishlarning ol- dini olish, mayda shikastlarni, ayniqsa, jarohatlarni o’z vaqtida davolash zarur. Chaqaloqni parvarish qilayotgan ona aseP- tika qoidalariga qat’iy amal qilishi kerak (q. Antiseptika Aseptika).