Sohibi

Sohibi — O’rta Osiyoda xalq se- lektsiyasida yaratilgan xo’raki uzum navi. Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. O’zbekiston (Farg’ona vodiysi, Toshkent va Samarqand vilo- yatlarida ko’proq), Armaniston, tur- kmaniston, Iroq, Turkiya, Hindistonda o’stiriladi. Tupi tez usadi. Bargi keng, to’garak. Guli ikki jinsli. Uzum boshi tig’iz, 450-500 g, g’ujumi yirik (bo’yi 22, eni 19 mm) tuxumsimon, to’q qizil, po’sti yupqa, yaltiroq, rangi chiroyli, karsildoq. Tarkibida 22% qand, 4,2 g/l kislota bor. Hosili o’rtacha 150 kun- da, avg. Oxiri — sent.da to’liq pishadi. Hosildorligi 170-180 ts/ga. Kul, rag’a kasalliklariga chidami o’rtacha. Yangili- gida iste’mol etiladi.